Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari Reja: Geografiyada Geografik o'rin tushunchasining nazariy asoslari. Tabiiy-geografik o'rin va uning ilmiy tushunchalari. Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rin tushunchasining ilmiy asoslari. Tabiiy-geografik o'rin - bu ayrim mamlakat, joy yoki nuqtaning tabiiy borliqqa (obyektga) nisbatan joylashishidir (materiklarga, tog'larga, okeanlarga, dengizlarga, daryolarga va h.k.). Mamlakatning tabiiy-geografik o'rni uning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga turlicha ta'sir qilishi mumkin. Tabiiy-geografik jihatdan qulay joylashish uning rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi, noqulay joylashish aksincha iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi (cho'llarda, qutbiy hamda baland tog'li o'lkalarda joylashishi va h.k.). Mamlakatning yoki ma'lum bir joyning tabiiy-geografik o'rni quyidagilarni o'z ichiga oladi: - materik yoki qit'aning mamlakat joylashgan qismi (markazida, dengiz bo'yida, tog' oldida, tekislikda, shimolida, sharqida, janubida, g'arbida va h.k.); -ekvatorga va Bosh meridianga nisbatan joylashishi (chekka nuqtalarning koordinatalari); -okeanlarga, dengizlarga, iliq yoki sovuq havo massalariga, tog' tizmalariga, yerning issiqlik mintaqalariga nisbatan joylashishi; -mamlakatni u yoki bu iqlim mintaqasi va undagi tabiat zonalarida joylashganligi (masalan, Indoneziya ekvatorial iqlim mintaqasida, doimiy yashil o'rmonlar zonasida joylashgan yoki Rossiya arktika, subarktika va mo'tadil iqlim mintaqalarining hamma tabiat zonalarida joylashgan). Tabiiy geografik o'rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog', cho'l, o'rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o'rniga ko'ra belgilansa, iqtisodiy geografik o'rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo'llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o'rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro'y berayotgan yoki ro'y berishi mumkin bo'lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko'ra baholanadi. Geografik obyektlar o'zaro aloqador bo'ladi. Ana shu aloqadorlik ko'lamiga muvofiq geografik o'rin mikro, mezo, makro miqyosda namoyon bo'ladi. Iqtisodiy geografik o'rin. Iqtisodiy geografik o'rin -iqtisodiy geografiyaning aniq tushunchasi, uning ―kalitidir‖ Chunki, ushbu tushuncha orqali korxona, shahar yoki boshqa hududiy obyektlarning nima uchun xuddi shu joyda qurilganligi va nima sababli shu darajaga etganligini anglab olinadi. Shu naqtai nazardan iqtisodiy geografik o'rinni iqtisodiy geografik bilimning o'ziga xos usulidir (iqtisodiy rayonlashtirish ham xuddi shunday metod sifatida qarash mumkin. Iqtisodiy geografik o'rin - bu ma'lum bir obyektning korxona, shahar, viloyat, mamlakat o'zidan tashqarida yotgan geografik obyektlarga (tog', daryo, dengiz, chegara, konlar, yo'l va h.k.) nisbatan joylashuvi va ularning ko'rilayotgan obyektning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri demakdir. Bu yerda quyidagilarga e'tibor bermoq lozim: iqtisodiy geografik o'rin tushunchasida ko'rilayotgan obyekt bitta, yagona, uning tashqarisidagi, atrofdagilar esa bir nechta; markaz va tashqi obyektlar o'rtasida hududiy iqtisodiy aloqa va munosabatlar bo'ladi va ular bir tomonga, ya'ni ko'rilayotgan joyga nisbatan tahlili etiladi; iqtisodiy geografik o'rin tarixiy tushunchadir, chunki ma'lum bir joyning o'rni vaqt o'tishi bilan qulay yoki noqulay ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: docx