Iqtisodiy geografiyaning predmeti, obyekti, yo'nalishlari va vazifalari

Iqtisodiy geografiyaning predmeti, obyekti, yo'nalishlari va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy geografiyaning predmeti, obyekti, yo'nalishlari va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy geografiyaning predmeti, obyekti, yo'nalishlari va vazifalari Reja: Iqtisodiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, prinsiplari va omillari. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanining, iqtisodiy geografiya esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy qismidir. Iqtsiodiy geografiya fanining boshlanish manbai turli fanlarda, ayniqsa tasviriy geografiya, statistika, tarix va boshqa fanlar kuzatiladi. Geografik bilimlar kartografik muassasalar, universitetlarda maxsus kurslar paydo bo'lgan davrdan boshlab tashkiliy shaklga ega bo'la boshladilar. Bu jarayon XIX asrda geografik jamiyatlar, universitetlarda maxsus kafedralar, fakultet bo'limlari tashkil etilishi, shu asosda professional geograflarni tayyorlash boshlangandan keyin yanada kuchaydi. Shundan keyin geografiya bo'yicha milliy maktablar paydo bo'ldi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida iqtisodiy geografiya mutaqil fan sifatida shakllandi. XX asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yoki ijtimoiy iqtisodiy geografiya deb atala boshlandi. Ushbu fan rivojlanish tarixida obyektiv ravishda differentsiatsiya va integratsiya ta'sirida ko'plab yangi tarmoqlarpaydo bo'ldi. Iqtisodiy geografiya fanini shakllantirish va rivojlantirishga ko'plab olimlar ktta hissa qo'shganlar. an'anaviy iqtisodiy geografiya(ekonomicheskaya geografiya) atamasi rus tilidan o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilingan bo'lib, u ushbu shaklda fanning asl mazmun va mohiyatini to'la ochib bermaydi. Terminologiya qoidalari talablariga muvofiq ekonomicheskaya geografiya(ekonomist-geograf) atamasi iqtisodiyot geografiyasi(iqtisodchi-geograf) shaklida tarjima qilinishi to'g'ri bo'ladi. Shu sababdan iqtisodiyot geografiyasi nomiga o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Iqtisodiy geografiya bir vaqtning o'zida ham geografik, ham iqtisodiyot fani hisoblanadi. Iqtisodiy geografiya iqtisodiyotni hududiy tashkil etish xususiyatlari va qonuniyatlarini, ularni boshqarish jarayonlarini global, mintaqaviy, milliy, mahalliy daraja va miqyoslarda o'rganadigan ijtimoiy geografik va iqtisodiyot fanidir. Uning obyekti keng manoda geografik qobiq - oykumena, konkret obyekti esa xo'jalik(iqtisodiyot) va uning tarmoqlari, aholi, tabiiy sharoit va va resurslarning hududiy birikmalari(komlekslar, tizimlar) hisoblanadi. Iqtisodiy geografiyaning tadqiqot predmeti-turli mamlakatlar va mintaqalar xo'jaligini hududiy tashkil etishning xususiyatlari va qonuniyatlaridir. U umumiy, tarmoq, mintaqa iqtisodiy geografiyasiga hamda dunyo xo'jaligi geografiyasiga bo'linadi. Iqtisodiy geografiya tabiiy geografiya, iqtisodiyot, geologiya, ekologiya, tibbiyot, texnika va texnologiya fanlari bilan o'zaro bog'liq holda rivojlanadi. Iqtisodiy geografiya fanini rivojlanishining asosiy tendensiyalari iqtisodiyotlashish, ekologizatsiyalashish, sotsialogizatsiyalashish, gumanizatsiyalashish bo'lib, ular an'anaviy iqtisodiy geografiyaning harakat doirasini sezilarli darajada kengayishiga olib keldi. Bundan tashqari iqtisodiy geografiyaning turli fanlar bilan integratsiya jarayonlarining kuchayib borishi yangi fan va fanlararo yo'nalishlarning paydo bo'lishiga, fanning nazariyaga asoslanishining kuchayishi hamda ushbu fanning konstruktiv (amaliy) ahamiyatining oshib borishi tendensiyalari tobora kuchayib borayotir. Iqtisodiy geografiya tadqiqotlari ko'plab ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalanadi(umumilmiy, umumgeografik, iqtisodiy geografik va boshqalar). Iqtisodiy geografiyaning asosiy maqsadi - iqtisodiyotni hududiy tashkil etishning asosiy xususiyatlarini kompleks o'rganishdan iborat. U konstruktiv fan bo'lib iqtisodiyotni hududiy tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.43 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.43 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga