Iqtisodiy rayonlashtirish, rayonlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya Reja: 1. Geografiyada rayon tushunchasi. 2. Iqtisodiy rayonning ta'rifi. 3. Iqtisodiy rayonlashtirishning prinsip va omillari 4. Iqtisodiy rayonlashtirishning ahamiyati Barcha fanlarda bo'lganidek, geografiyaning ham birlamchi, o'zak tushunchasi mavjud -ki, usiz bu fan to'g'risida so'z yuritish aslo mumkin emas. Agar turix fani uchun davr, biologiya uchun hujayra, ximiyada molekula tushunchalari ushbu fanlar uchun eng muhim hisoblansa, geografiyada bunday vazifani rayon tushunchasi o'taydi. Rayon so'zi fransuz tilidan olingan bo'lsada (ingliz tilida u region deb ham yuritiladi), u hozirgi kunda xalqaro, ya'ni baynanminal mazmunga ega. Binobarin, uni Respublika, parlament, konstitutsiya, landshaft kabi so'zlar qatorida bemalol ishlatish mumkin va katta xatolik bo'lmaydi. Xususan, mazkur tushunchani aynan shu shaklda sof geografik birliklar ma'nosida qo'llash zarur. Sababi -xuni ma'muriy hududlarga tegishli bo'lgan nohiya yoki tuman ko'rinishiga o'girish balkim mumkindir, biroq haqiqiy geografik rayonni, rayonlashtirishni geogarafik tuman, tumanlashtirish shaklida tatbiq etish o'ta kulgili va noo'rindir. Rayon tushunchasi va uning mazmun - mohiyati hozirgi zamon tizim -tarkib (sistema - struktura) prinsipiga yoki ilmiy dunyoqarash yondashuviga ham mos keladi. CHunki, rayon o'z navbatida rayonchalardan, ular esa yana nisbatan kichikroq hududiy birliklardan tashkil topadi (xuddi matryoshka o'yinchog'idek). Ko'rinib turibdiki, rayon bu ko'p bosqichli, pog'onasimon tushunchadir. Xuddi shunday, ma'lum bir hududiy sitema o'z tarkibiga ega, bu ham esa o'zidan keyingi pog'onaga nisbatan sistemadir. Boshqacha qilib aytganda, har qanday hududiy birlik, agar u ochiq sistema shaklida ko'rilsa, o'zidan kattaroq hududga nisbatan tarkib (sistemacha, kichykroq sistema) va ayni paytda o'zining ichki tuzilishi nuqtai nazardan yaxlit sistemadir. YUqorida keltirilgan misol-Farg'ona iqtisodiy rayoni mustaqil O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tizimida tarkibiy birlikdir. SHu bilan birga, u alohida Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari (tarkib)lardan tashkil topgan. Xuddi shunday, mazkur viloyatlar ham bosqichsimon hududiy tuzilmalardan iborat. Iqtisodiy rayonlar shakllanishining o'ziga xos tartibi yoki mexanizmi mavjud bo'lib, uning ildizi hududiy mehnat taqsimotiga borib taqaladi. Hududiy mehnat taqsimoti esa ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomoni va u mohiyatan iqtisodiy geografik jarayonni anglatadi. SHunday qilib, hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish oqibatida alohida joylarning muayyan xo'jalik sohalarga ixtisoslashuvi, bir hududning qolgan hududlardan ana shu jihatdan farqlanishi vujudga keladi. Natijada mamlakat ho'jaligining hududiy tuzilmasi va tarkibi, geoiqtisodiy tizimning ichki tafovutlari -aniqrog'i iqtisodiy rayonlar to'ri shakllanadi. Turli yo'nalishdagi iqtisodiy rayonlar to'ri va ularning o'zaro hududiy munosabati, joylashuvi, bizning fikrimizcha, iqtisodiy geografik vaziyat yoki holatni yuzaga keltiradi Iqtisodiy geografik jarayon -hududiy mehnat taqsimoti uzluksiz, doimiy bo'lganligi sabali rayonlar to'ri va tarkibi ham o'zgarib boradi. Ammo xo'jalikning hududiy tarkibi uning tarmoqlar tarkibiga ko'ra biroz sust o'zgaruvchan bo'ladi. SHu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
755.48 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
755.48 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: pptx