Iqtisodiy rayonlashtirishning dolzarb muammolari

Iqtisodiy rayonlashtirishning dolzarb muammolari

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy rayonlashtirishning dolzarb muammolari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy rayonlashtirishning dolzarb muammolari Reja: Geografiyada rayon tushunchasi. Iqtisodiy rayonning ta'rifi. Iqtisodiy rayonlashtirishning prinsip va omillari Iqtisodiy rayonlashtirishning ahamiyati Barcha fanlarda bo'lganidek, geografiyaning ham birlamchi, o'zak tushunchasi mavjud-ki, usiz bu fan to'g'risida so'z yuritish aslo mumkin emas. Agar turix fani uchun davr, biologiya uchun hujayra, ximiyada molekula tushunchalari ushbu fanlar uchun eng muhim hisoblansa, geografiyada bunday vazifani rayon tushunchasi o'taydi. «Rayon» so'zi fransuz tilidan olingan bo'lsada (ingliz tilida u region deb ham yuritiladi), u hozirgi kunda xalqaro, ya'ni baynanminal mazmunga ega. Binobarin, uni Respublika, parlament, konstitutsiya, landshaft kabi so'zlar qatorida bemalol ishlatish mumkin va katta xatolik bo'lmaydi. Xususan, mazkur tushunchani aynan shu shaklda sof geografik birliklar ma'nosida qo'llash zarur. Sababi -uni ma'muriy hududlarga tegishli bo'lgan «nohiya» yoki «tuman» ko'rinishiga o'girish balkim mumkindir, biroq haqiqiy geografik rayonni, rayonlashtirishni geogarafik tuman, tumanlashtirish shaklida tatbiq etish o'ta kulgili va noo'rindir. Xo'sh, rayon, shu jumladan iqtisodiy rayon nima va u qaysi maqsadlarda zarur? Mavzuning tub mohiyati ham ana shunda. Rayon, agar o'ta qisqa va ommabop (hammabop, geograflar uchungina emas, balki barcha savodxon, oddiy hududiy fikrlash va geografik madaniyatli kishilar uchun) darajada ta'riflamoqchi bo'lsak, uni umumiy o'xshash xususiyatlari bilan o'z atrofidan ajralib turuvchi hududning bir qismi sifatida talqin qilish mumkin. Demak, rayon bu hudud (yoki nisbatan kattaroq hududning bir bo'lagi), yer yuzi esa «geo»-dir. Binobarin, rayonni albatta «geografik rayon» deyishga katta ehtiyoj yo'q, zero nogeografik rayonning o'zi bo'lmaydi. Ayniqsa, bunday iborani qo'llash iqtisodiy geograflar uchun shart emas. Shunday qilib, har qanday rayon - u geografik rayondir va bu yerda ortiqcha so'zga zaruriyat yo'qligi hammaga ayon va ravshan bo'lmog'i darkor. Masalan, Farg'ona iqtisodiy rayonini oladigan bo'lsak, bu yerda «Farg'ona» ham, «rayon» ham ma'lum hudud, ya'ni geografik ma'noni anglatadi. Shu bois, uni «Farg'ona iqtisodiy geografik rayoni» shaklida talqin qilishga hech zaruriyat bo'lmasa kerak. Rayon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati hozirgi zamon tizim-tarkib (sistema-struktura) prinsipiga yoki ilmiy dunyoqarash yondashuviga ham mos keladi. Chunki, rayon o'z navbatida rayonchalardan, ular esa yana nisbatan kichikroq hududiy birliklardan tashkil topadi (xuddi «matryoshka» o'yinchog'idek). Ko'rinib turibdiki, rayon bu ko'p bosqichli, pog'onasimon tushunchadir. Xuddi shunday, ma'lum bir hududiy sitema o'z tarkibiga ega, bu ham esa o'zidan keyingi pog'onaga nisbatan sistemadir. Boshqacha qilib aytganda, har qanday hududiy birlik, agar u ochiq sistema shaklida ko'rilsa, o'zidan kattaroq hududga nisbatan tarkib (sistemacha, kichikroq sistema) va ayni paytda o'zining ichki tuzilishi nuqtai nazardan yaxlit sistemadir. Yuqorida keltirilgan misol-Farg'ona iqtisodiy rayoni mustaqil O'zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tizimida tarkibiy birlikdir. Shu bilan birga, u alohida Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlari (tarkib)lardan tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.87 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.87 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga