Iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlari, regionlarning rivojlanishdagi farqlari. Xalq xo'jaligining yetakchi majmualari Reja: 1. MOD xalq xo'jaligining tarkib topishi. 2. MOD sanoati va qishloq xo'jaligi. 3. MOD xalq xo'jaligining yetakchi majmualari. 1. MOD xalq xo'jaligining tarkib topishi. Markaziy Osiyo davlatlarining xalq xo'jaligi yaqin yaqinlargacha SSR iqtisodiyoti - yagona xalq xo'jalik tizimiga moslashtirilgan edi. U har jihatdan Markazga tobe edi va shu tizimga bog'lab tashlangan edi. Buning ma'nosi shu ediki, ular yuqori (markaz)ning ko'rsatmasi bilan o'zlarida xalq xo'jaligining ayrim turlarinigina rivojlantirish, ayrim turlarini esa har qancha qulay shart-sharoit bo'lsa ham rivojlantirmasliklari shart edi. Markaz bu borada aniq gektarni, aniq miqdorni ham belgilab berardi. Sotsializm va kommunizm quramiz shiori bilan o'tgan o'sha (1924-1991) yillarda Markaziy Osiyo hududidagi bugungi mustaqil davlatlar mamlakatning xom ashyo rayoniga aylantirilgan edi. Markaziy Osiyo xalq xo'jaligi bir tomonlma (faqat xom ashyo yetkazib beradigan tarzda) rivojlangan edi. U Sovet Ittifoqining yoqilІi (ko'mir, neft, gaz) va metallurgiya sanoati (rangli metall rudalari, noyob va nodir metallar), qurilish materiallari (tabiiy tosh, marmar) va oziq-ovqat hamda yengil sanoat xomashyolari (paxta tolasi, tabiiy ipak tolasi, jun tolasi, teri, don, meva, vino materiallar) yetkazib beruvchi asosiy rayonga aylangan edi. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar o'z iqtisodiyotini rivojlantirishning o'ziga xos markazga tobelik xususiyatlariga ega edi. Bu xususiyat Rossiya imperiyasining olib borgan siyosati natijasi edi. Markaziy Osiyoda xalq xo'jaligini rivojlantirish, yurgizish, uning asosiy sohalarida bir tomonlamalikka tayangan edi. Bugungi Markaziy Osiyo, ya'ni SSR parchalanib ketgan, uning o'rnida mustaqil davlatlar vujudga kelgan bir palladagi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yaqin o'tmishning ushbu asoratidan kutilgan emas va bu asorat uning iqtisodiyotini rivojlantirishda uzoq vaqtlargacha o'z ta'sirini ko'rsatib turadi. 2. MOD sanoati. Markaziy Osiyo iqtisodiyotida sanoatning ulushi katta. Bu yerda yoqilg'i-energetika, rangli va qora metallurgiya sanoati, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati tarkib topgan va ularning o'nlarcha yo'nalishlari rivojlantirilgan. O'lka sanoat ishlab chiqarishda kattagina regional farqlar bor. Masalan, Markaziy Osiyoning hududiy jihatdan yirik bo'lmish va sanoati ancha rivojlangan regioniQozog'izston davlatida neft va ko'mir, har xil mashinasozlik, qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. MODning iqtisodiy jihatdan rivojlangan regioni - O'zbekistonda yoqilІi-energetika va rangli metallurgiya sanoati, qishloq xo'jaligi va transport mashinasozligi, kimyo va neftokimyo sanoati, qurilish materiallari va farfor-oayns sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari.Qirg'izistonda ko'mir sanoati tarmoqlari, energetika sanoati, avtomobilsozlik, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, Turkmanistonda neft qazib olish va neftni qayta ishlash hamda gaz sanoati, ximiya sanoati, neft sanoati mashinasozligi ayniqsa rivjlangan. Markaziy Osiyo davlatlari o'z siyosiy mustaqilliklarini qo'lga kiritishlari bilan sanoat ishab chiqarishdagi qoloqliklarini bartaraf qilish yo'lini izlamoqda va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc