Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi Reja: ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining shakllanish tarixi. O'zbekistonda ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fani ilmiy yo'nalishlarining rivojlanishi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari. Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari. Geografiya fanining rivojlanishi Antik davrga, mamlakatlar o'rtasida hududiy (geografik) mehnat taqsimoti, ya'ni har bir hududning o'ziga xos tabiiy sharoiti va resurslari, iqtisodiy geografik o'rni, xalqlarning urf-odatlari va an'anlari asosida ma'lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashishi va ular o'rtasida tovar ayirboshlash jarayonining shakllanishi davriga borib taqaladi. Mamlakatlar o'rtasida hududiy mehnat taqsimotining shakllanishi geografiya fanlari tizimida dastlabki iqtisodiy geografik tadqiqotlarning vujudga kelishiga olib keldi. Qadimgi yunon olimi Strabon o'zining 17 tomlik ―Geografiya‖ deb nomlangan asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamlakatlar va hududlar o'rtasidagi tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq aloqalarini yoritgan. Ayniqsa, milodning V asridan XVII asr o'rtalariga qadar bo'lgan davrda ishlab chiqarish kuchlarining sezilarli taraqqiyoti (foydali qazilmalardan keng foydalanish, metall eritish, ip va shoyi gazlamalar to'qish, gilam, qog'oz va chinni buyumlar ishlab chiqarish, shamol va suv kuchidan foydalanish, kemachilikning rivojlanishi va dastlabki geografik kashfiyotlar, mamlakatlarning siyosiy, savdo va madaniy markazlari sifatida shaharlar rolining ortishi, fanning taraqqiyoti, ichki bozorning shakllanishi) hamda davlatlar o'rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida sharqiy yarimsharda 3 ta yirik mintaqaviy savdo markazlarining (Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa- Venetsiya, Genuya, Ginza Ittifoqi va Yaqin Sharq) shakllanishi xalqaro bozorning yuzaga kelishi uchun shart-sharoit hozirladi. O'z navbatida, kapitalning dastlabki jamg'arilishi jarayoni, tabiiy fanlar ravnaqi, xalqlarning millat bo'lib shakllanishi, Buyuk geografik kashfiyotlar, aholi migratsion harakatlarining boshlanishi, xalqaro savdoning kuchayishi xalqaro bozorlarning yuzaga kelishiga, mustamlakachilikning boshlanishiga va dastlabki iqtisodiy hamda iqtisodiy geografik qarashlarning ta'limot sifatida mujassamlashuviga olib keldi. Ma'lumki, Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sabab bo'lgan. Bu davrda hududiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi va jahon xo'jaligining shakllanishi, o'z navbatida, iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishida muhim bosqich bo'ldi. O'sha davrlarda mamlakatlar va ularning hududiy birliklari haqidagi iqtisodiy geografik tavsif g'arbiy yevropalik olimlarning asarlarida chuqur talqin etilgan. Ayniqsa, ilk geografik bilimlarning nazariy jihatlari mamlakatning rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy geografik o'rin, yerning ustki tuzilishi, aholining tarkibi, shaharlar, siyosiy tuzum masalalariga qaratilgan. Ayni paytda, buyuk geografik kashfiyotlar natijalari va keyinchalik mustamlaka yoki qaram mamlakatlarning vujudga kelishi, dengiz tadqiqotlarining rivojlanishi va boshqa omillar davlatlararo savdo-sotiq ishlarini olib borishda tijorat geografiyasining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Bu yo'nalish, dastavval, eng ko'p mustamlaka mamlakatlariga, qulay transport geografik mavqega va yuksak dengiz kemachiligiga ega bo'lgan Angliyada rivojlana boshladi. XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga, transport ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 136.25 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 136.25 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga