Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda ekologiya Reja: 1. Ekologiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bilan aloqasi. 3. Ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi. 4. Ekologik barqaror rivojlanish konsepsiyasi. 5. Iqlimni saqlash muammosi. Iqlimni shakllantiruvchi omillar. 6. Tabiiy va kuchaygan parnik effekti - issiqxona samarasi‖ 7. Iqlim muammolari bo'yicha xalqaro kelishuvlar. 8. O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari. 2. Umumiy ekologiyadan ijtimoiy ekologiyaga. Fan va texnika rivojlanib borayotgan hozirgi davrda ijtimoiy yo'nalishdagi tadqiqotlarning ko'lami ortib bormoqda. Shu jumladan, ijtimoiy ekologik izlanishlar miqyosi ham jadal rivojlanmoqda. Bu borada, ayniqsa, aholi salomatligi bilan bog'liq muammolarni tadqiq qilish o'ta dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, aholi salomatligi‖ o'ta murakkab va serqirra tushuncha bo'lib, Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ustaviga ko'ra, aholi (inson) salomatligi uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy (sotsial) holati bilan belgilanadi. Aholi salomatligi ijtimoiy borliqning rivojlanishi va tashkil etilishi bilan ham bog'liq. Ijtimoiy muhitning tabiiy borliqqa ta'siri ortib borayotgan hozirgi davrda aholi salomatligiga ta'sir etuvchi ekologik omillar (yoki geoekologik omillar) iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlar bilan birlashib, kompleks ta'sir etuvchi kuchga aylanib bormoqda. Hududning sanoatlashuvi, urbanizatsiya darajasi, transport to'rining zichligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi va texnologik qurollanish holati, aholi joylashishi, antropogen va texnogen bosim makonning nozogeografik turlanishiga, umuman olganda, ijtimoiy omil yoki muhit tabiiy-ekologik sharoiti bilan birgalikda muhim ta'sir etuvchi kuchga aylangan. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida xo'jalik sohalarining ekstensiv tarzda olib borilishi tabiiy muhitning izdan chiqishiga, ijtimoiy muammolarning yanada chuqurlashuviga olib kelmoqda. Shunday mintaqalar qatoriga O'rta Osiyo mamlakatlari ham kiradi. Mintaqaning arid, cho'l sharoiti aholi turmush-tarziga ma'lum darajada qiyinchilik tug'dirishi bilan birga inson ta'sirida kuchli degradatsiyaga uchramoqda. Mintaqa aholisining salomatligi va ijtimoiy faoliyatining yomonlashuvida Orol dengizi fojeasi asosiy o'ringa ko'tarilmoqda. Dengizning 500 km radius qismidagi atrofi jahon hamjamiyati tomonidan Ekologik fojea‖ hududi deb e'tirof etilgan. Xorazm viloyati ham bevosita ushbu hudud doirasida joylashgan. Aholi salomatligi inson taraqqiyotini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biridir. Ushbu muammo hududning ekologik tizimi bilan chambarchas bog'liq bo'lishiga qaramasdan, uni geografik o'rganish masalalari yaqin o'tmishga borib taqaladi. Xusuan, bunday tadqiqotlar hozirda ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda shakllanish bosqichida bo'lsa, jahonning rivojlangan mamlakatlari, shu jumladan, MDH mamlakatlarida ancha taraqqiy etgan. Aholi sonining ortib borishi hamda unga mutanosib ravishda tabiiy muhitga bo'lgan ta'sirning kuchayishi o'tgan asr davomida o'nglab bo'lmas turli darajadagi ekologik muammolarni insoniyat oldida ko'ndalang qilib qo'ydi. Yangi asrda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan ming yillik barqaror rivojlanish‖ konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda atrof-muhit, aholini ijtimoiy himoyalash, savodxonligini oshirish, salomatligini tiklash, onalik va bolalik muhofazasi, bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanishini ta'minlovchi va yana bir qator ijtimoiy masalalar o'rin olgan. Inson ekologiyasi‖ fani antropoekologik sistemalarning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.7 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: docx