Iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy prinsiplari hududiylik va komplekslik Reja: Iqtisodiy geografiyada hududiylik Hududning iqtisodiy va sotsial geografiyadagi ahamiyati. Geografiyada kompleks va kompleks yondashuv. Hududiylik va kompleksning foydalanish me'zoni. Albatta, har qanday fanning predmeti, ta'rifi uning asosiy tamoyillarini o'zida aks ettirishi shart. Chunki o'zining metodologiyasi va metodi, maktabi va yo'nalishi, tadqiqot predmeti va prinsiplariga ega bo'lmagan fan mustaqil fan hisoblana olmaydi. Xo'sh, geografiya va shu jumladan, ijtimoiy geografiyaning bosh tamoyillari nimalardan iborat? Fikrimizcha, bu yerda turli darajadagi asoslar mavjud, ularning ayrimlari faqat shu fanga tegishli bo'lsa, qolganlari umumilmiy, falsafiy ahamiyatga ega. Shubhasiz, geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning hududiyligidir. Zero, geografiyani hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ammo, shu bilan birga, hududga o'ziga xos borliq sifatida turlicha yondashiladi. Masalan, muhandislik (yersozlik) hamda rayon planirovkasida ko'proq hududni tashkil etishga e'tibor beriladi. Bunda yer maydonining o'zi ma'lum maqsadlar uchun tayyorlanadi. Jumladan, uni barcha infrastruktura shoxobchalari bilan jihozlangan holda sanoatchilar uchun ijaraga berish yoki sotish mumkin. Ijtimoiy geografiyada an'anaviy tarzda «hududiy tashkil etish» iborasi qo'llanilib, u odatda mazmun va shakllari bo'yia ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq turadi. Shu bilan birga oddiy joylashtirishdan farq qilib, ishlab chiqarishni, aholi yoki xo'jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etish ayni paytda uni muayyan maqsadga yo'naltirilishi va eng muhimi- boshqarilishini ham o'z ichiga oladi-ki, bu ushbu tushunchaning ilmiyroq va amaliyroqligidan darak beradi. Bu yerda tizim (sistema) qoidasiga muvofiq ma'lum bir voqelikni tashkil etish avalambor uni boshqarish niyatida amalga oshiriladi. Ma'lumki, geograflar nigohida hudud qiyofasi o'zining barcha mavjudoti bilan gavdalanadi va bir qarashda u to'la qamrab olinadi. Biroq, ko'rib turilgan hududda undagi bor elementlar(yo'l, daraxt, o'y, kishilar, transport va hokazo) yakka-yakka yoki aksariyat holda muayyan hududiiy birlikda bo'ladi. Shu jihatdan qaraganda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyektiga kiruvchi barcha predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo'jaligi tarmoqlari - ekinzorlar va chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari, o'rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko'rinishiga ega. Sanoat markazlari va aholi punktlar nuqta yoki tugun, transport yo'llari, gidrografik shoxobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko'zga tashlanadi va huddi shu tarzda xaritada tasvirlanaddi. Bu o'rinda bir so'z bilan aytish mumkinki, ijtimoiy geografiya ana shu maydon, chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning o'zaro va tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o'rganadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni tashkil etishning hududiy shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish majmualari (komplekslari, sanoat tugunlari va rayonlarni), aholining bunday tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yiriklikdagi qishloq va katta-kichik shaharlar, shahar aglomeratsiyalari, konurbatsiya va megalopolislarni ko'rsatish o'rinli. Transportda transport tugunlari, aholiga xizmat ko'rsatish geografiyasida-maishiy kombinatlar yoki fan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.8 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.8 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: doc