Iroq davlati - rasmi

Material tavsifi

Iroq davlati Iroq (Iroq Respublikasi) poytaxti - Bog'dod shahri. BMT a'zosi Iroq, Iroq Respublikasi (A-Jumhuriyah al-lragiyah) - Jan.- Fapbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oralig'ida joylashgan davlat. Mayd. 438 ming km2. Aholisi 23,3 mln. kishi (2001). Poytaxti - Bag'dod sh. Ma'muriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga bo'linadi. Davlat tuzumi I. - Respublika. 1970 y. 16 iyulda kuchga kirgan Muvaqqat konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig'i - prezident (1979 y. iyo'lidan Saddam Husayn, ayni vaqtda u bosh vazir, Inqilobiy qo'mondonlik ken-gashi raisi va qurolli kuchlar oliy bosh qo'mondoni). Prezidentning vakolat muddati - 7 y. 2002 y. 15 okt. dagi referendumda S. Husaynning preziden-tlik vakolati yana 7 yilga uzaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Milliy kengash (parlament); u 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Xo'jaligi I. - agrar-industrial mamlakat. I. baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ning ulushi 20,3% ni tashkil etadi. Sanoati Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21-26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari ko'p. To'qimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama k-ti, Bag'dodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik f-kasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi. Qishloq xo'jaligi Q.x.ga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bug'doy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bog'dorchilikham rivojlangan. 1990-y. largacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-o'rinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 45 qismi uning hissasiga to'g'ri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari q.x. ga ham asoratli ta'sir qildi. Jumladan, 1990 y. ga nisbatan 200 y. da ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bug'doy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajo'xori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qo'y, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi. Transporti T. y. o'z. 3 ming km, avtomobil yo'llari o'z. 30 ming km, neft quvurlari o'z. 4,2 ming km, gaz quvurlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:41 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.32 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga