Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, tamoyillari va omillar

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, tamoyillari va omillar

O'quvchilarga / Geografiya
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, tamoyillari va omillar - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, tamoyillari va omillar REJA: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirishning ahamiyati Ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirish tamoyillari va omillari Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining joylashtirishni xususiyatlari Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg'unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi. Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o'tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko'maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo'jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, Respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o'tkazishda birga harakat qilishini yo'lga qo'yish, shuningdek muhim xalq xo'jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta'kidlash kerak. Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog'liqdir. Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o'zaro bog'langan hamda shartlangan holda kechuvchi obyektiv jarayon bo'lib, ko'p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi. Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo'lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog'liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o'z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro'yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish prinsiplarining nazariy asosi xizmatini o'taydilar. Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi prinsiplar bilan belgilanadi: 1. Ishlab chiqarishni barcha Respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish; 2. Barcha Respublika va xalqlarning tengligi hamda o'zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o'rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish: 3. Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda mahsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish: 4. Respublika va iqtisodiy rayonlar xo'jaligini sanoat hamda qishloq xo'jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo'lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish; 5. Barcha Respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish; 6. Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o'rtasida ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.63 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.63 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga