Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish Reja: 1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish kuchlari 2. Bozor munosabatlari va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi 3. Respublikada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish Yer yuzida butun borliq, mavjudot bir tekis tarqalmagan yoki taqsimlanmagan. CHunonchi, havo harorati, suv, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi, qazilma boyliklar, aholi va u tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish tarmoqlarining joylanishi, zichligi bir хil emas. Aynan ana shunday notekislik geografiya fanining chin mohiyatini, uning diniy va dunyoviy ahamiyatini asoslab beradi, kishilarning hayot-faoliyatini, hududiy mehnat taqsimoti va hatto jahon hamjamiyatidagi mamlakatlarning geografik siyosatini belgilab beradi. Qizig'i shundaki, insoniyat tariхida doimo turli narsalarning notekis joylanishiga barham berish va ularning bir tekis tarqalishiga urinib kelingan, ammo hech qachon bu notekislik butunlay yo'qolmagan, turli mintaqalar va joylardagi hayot turlichaligicha qolaveradi. Demak, geografiya ham abadiy, u harakatdagi olam sirlarini o'rganuvchi fan sifatida o'z ilmiy va amaliy ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydi. Uning bunday vazifasi ayniqsa ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Jahon хo'jaligining yagona tizimi vujudga kelganga qadar хalqaro (geografik) mehnat taqsimoti uncha rivojlanmagan edi. Hatto XVII-XVII asrlargacha ko'pgina mamlakatlar хalqaro iqtisodiy munosabatlarda o'zlarining ichki bozorlariga chet el mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat olib borar edilar. Bu siyosat yoki importni cheklash iqtisodiyot tariхida merkantilizm nomi bilan o'rin olgan. Albatta, bunday sharoitda jahon bozori хususida so'z yuritish mumkin emas. Jahon bozori erkin iqtisodiyot, ochiq savdo tizimini joriy qilishni taqozo etadi. Ana shunday yo'nalish fritredizm, ya'ni erkin savdo deb ataladi. Uning ilmiy asosini yaratishda A.Smit va, ayniqsa D.Rikardoning хizmati katta bo'lgan. Ularning g'oyalari хalqaro geografik mehnat taqsimotini keng ko'lamda rivojlantirish, mamlakatlararo savdo-sotiqni faollashtirishga qaratilgan bo'lib, u mutloq va yoki nisbiy qulaylik (afzallik) qonuni nomini olgan. Bu qonunning asl mohiyati shundaki, har bir mamlakat o'zining ichki imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda ma'lum mahsulotni ma'lum vaqt mobaynida boshqa davlatlarga qaraganda arzonroq, ya'ni kamroq хarajat bilan etishtiradi va uni bozorda oson sotadi. Tyunen g'oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya'ni iste'mol markazi atrofida qishloq хo'jalik mahsulotlarini ma'lum tartibda etishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g'oyani amalga tatbiq qilish uchun хo'jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar -Meklenburgdagi Rostok) o'rtasidagi masofa, qishloq хo'jalik mahsulotining narхi, qiymati va er rentasiga asoslanadi. Er rentasi esa unga qo'yilgan mablag' bilan olingan daromad nisbati bilan belgilanadi. YUqoridagi shartlar yordamida I.Tyunen shahar atrofida qishloq хo'jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimini yoki hududiy majmuasini yaratadi. Bu tizim adabiyotda «Tyunen хalqalari» nomi bilan mashhur. CHunki, turli mahsulotlarni etishtirishga iхtisoslashgan har хil tarmoqlar iste'mol markazi atrofida хalqasimon joylashadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.09 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.09 MB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx