Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar

Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar

O'quvchilarga / Geografiya
Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar REJA Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari Tabiiy omillar Ijtimoiy - iqtisodiy omillar Ekologik va ishlab chiqarishni joylashtirish Infratuzilma Ishlab chiqarishni joylashtirish o'ziga xos xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor albatta foydali, qo'shimcha daromadni ko'zlaydi, davlat esa ish o'rinlarini ko'paytirish, mehnat resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni ham qilish, hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. Demak, bunday vaziyatda har ikki yo'nalishni muvofiqlashtirgan holda masalani yechish talab etiladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish uchun eng avvalo joy, ya'ni yer, maydon kerak. Biroq, buning uchun har qanday joy ham to'g'ri kelavermaydi. Qolaversa, hudud ham har qanday korxona yoki ekinlarni «istamaydi»va aksincha, xo'jalikning barcha tarmoqlari ham to'g'ri kelgan joyga o'rnashtirilmaydi. Agar ishlab chiqarish yer, maydonning imkoniyati va sharoitidan qat'iy - nazar joylashtirilsa, u holda geografik nomuvofiqlik vujudga keladi, tabiatning xususiyati inkor etiladi, «soch teskarisiga taraladi». Ayni vaqtda xo'jalik tarmoqlarini to'g'ridan - to'g'ri, xohlagan joyda tashkil etilsa, u ko'zda tutilgan iqtisodiy manfaatlarga olib kelmasligi, ekologik muammolarga, ortiqcha xarajatlariga sabab bo'lishi aniq. Ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ham hudud, ham tarmoq xususiyatlari inobatga olishini zarur. Tabiatda, go'yoki yer maydonining muayyan joylari aynan qandaydir xo'jalik tarmog'ini joylashtirish uchun yaratilgandek. Boshqacha qilib aytganda, har bir joyning o'ziga xos va o'ziga mos funksiyasi mavjud. Binobarin, hudud «nafasi va haroratini» chuqur his qila olish, joy xususiyatini atroflicha o'rganish talab etiladi. Tajribalar shundan dalolat beradiki, cho'l mintaqasini haddan tashqari o'zlashtirib, sug'orma dehqonchilikni rivojlantirish ko'p o'tmay o'z o'chini olmoqda - tuproq ikkilamchi sho'rlanib, katta - katta maydonlar qishloq xo'jalik oborotidan chiqib ketmoqda. Ayni chog'da chorva mollari yem - xashaksiz, yaylovsiz qolmoqda. Demak, cho'llarning bir qismi cho'lligicha qolib, yaylovlar o'z vazifasini o'tagani maqsadga muvofiq ekanligi sezilmoqda. Ijtimoiy hayotda har kishi o'z ishini, vazifasini bajarganidek, tabiatda ham har birj oy o'ziga muvofiq xo'jalik korxonasini joylashtirishi kerak. Bu o'rinda, joy yoki hududning sig'imi to'g'risida fikr bildirish lozim. Gap shundaki, har bir joy xo'jalik va aholini muayyan miqdorda sig'dira oladi, undan ortig'i esa tabiiy muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi. Ammo bu sig'im darajasi, ko'lami birday bo'lmaydi va balki doim o'zgarib turadi. Demak, yerning o'ziga xos qiymati bor va bu qiymat turli sharoitda turlicha (D.Rikardo). Mazkur masala bilan yer kadastri shug'allanadi. Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, hududning iqtisodiy, demografik, ekologik sig'imlari bir xil emas. Odatda, aholi zichligi, ya'ni 1 km2 ga necha kishi to'g'ri kelishi hududdan foydalanishning umumiy ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga hudud iqtisodiy salohiyatini ham hisoblash mumkin. Qishloq xo'jaligida bu masala oson yechiladi, ya'ni bir gektar yer qancha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.89 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.89 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga