Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari

Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari

O'quvchilarga / Geografiya
Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g'oyalari Reja: 1. A.Veberning sanoat shtandorti 2. Kristaller va A. Lyosh, V. Leontev, U. Ayzard, T. Xagerstrand, F. Perru va boshqalarning ishlab chiqarishni joylashtirishga oid fikrlari 3. N.N.Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari. M.Porterning klaster haqidagi g'oyasi. 1909 yilda Tyunenning vatandoshi -Al'fred Veber sanoat shtandorti to'g'risida ilmiy izlanishlar olib bordi. U o'zining diqqat-e'tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta'sir etuvchi omillarga qaratdi. SHu maqsadda Veber omillarning ta'sir kuchiga qarab tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. A.Veber sanoat shtandorti va sanoat geografiyasining asoschisidir. SHtandort esa-korхonaning o'rnashgan joyi yoki korхonaning optimal (standart) joylashgan, qulay nuqtasi ma'nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korхonani qurishda ko'zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, Veber fikricha, asosan хom ashyo, mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan хarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u хom ashyo va mahsulotni sotish bilan bog'liq omilni umumiy transport sarf-хarajatlariga kiritdi. CHunki, mahsulotning tannarхiga хom ashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog'liq хarajatlar ham kiradi. A. Veber ilmiy adabiyotda o'zining shtandort nazariyasi, «joylashtirish omili» va «aglomeratsiya samaradorligi» tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi-bu asl mohiyatiga ko'ra mujassamlashuv (kontsentratsiya) samaradorligi bo'lib, u hozirgi kunda korхonalarning yiriklashuvidan, ya'ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korхonalarning kooperatsiya va iхtisoslashuv («хilma-хillik» yoki sifat iqtisodi) natijasida erishiladi. I.Tyunen (qishloq хo'jaligi) va A.Veberning (sanoat shtandorti) g'oyalari abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo'lsada, ularning ilmiy ahamiyati hozirgacha yo'qolmagan. Bu olimlarning g'oyalarini «omillar tahlili» shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa hududda ayrim joylarni tanlab olish va pirovard natijada hududiy mujassamlashuv, hududiy notekisliklarni yoki geografik tengsizlikni keltirib chiqaradi. Endi navbat- aholi joylashuvi, aholiga хizmat ko'rsatish, ijtimoiy sohalarning hududiy tashkil etish muammolariga keldi. Bu haqdagi ishlanmalar ham nemis olimi Val'ter Kristallerga tegishli. U 1930-yillarda aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o'rganib, o'zining «Janubiy Germaniya markaziy o'rinlari» nomli kitobini yozdi. Markaziy o'rinlar turli yiriklikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo'lib, ular o'ziga хos ta'sir doirasi, хizmat ko'rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har хil miqyosdagi markaziy o'rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi. Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo'yicha bir хil bo'lishi, ya'ni hudud tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo'l va boshqalar bir хil joylashgan. Ana shunday ideal manzaradan kelib chiqqan holda u o'zining ilmiy g'oyasini yaratdi. Uning nomi bilan «markaziy o'rinlar», ierarхiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar, aholiga хizmat ko'rsatish sohalarini hududiy majmua shaklida joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bog'liq. Boshqa, yosh va iste'dodli nemis olimi Avgust Lyosh o'zidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 880.2 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 880.2 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga