Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish nazariyalari REJA: Ishlab chiqarish kuchlari haqida tushuncha Joylashtirish va uni amalga oshirish Hududiy tashkil qilishning mohiyati Hududiy tashkil qilish va boshqarish Ishlab chiqarishni joylashtirishda chet el olimlarining g'oyalari Burjua iqtisodiyot fani joylashtirish muammolari bilan o'tgan asr boshlaridan buyon shug'ullanib kelmoqda. I.Tyunen va keyinchalik A.Veber ayrim korxonani eng qulay yerga joylashtirish (standart) ni aniqlash bilan bog'liq keng doiradagi masalalarni hal etishi lozim bo'lgan joylashtirish nazariyalari bilan chiqdilar. Joylashtirish variantlari samaradorligini baholashda ayrim korxona nuqtai-nazaridan qarmoq nuqtai-nazariga (T.Palander) va shundan keiyn xalq xo'jaligi nuqtai-nazariga (Eglender, O.Ritchil, A.Lyosh) o'tish uchun standart nazariyasiga yuz yildan ko'proq vaqt kerak bo'ldi. Biroq shu qadar qiyin ko'chgan bu o'tish ham nazariyasi sohasida ishlaganicha qolverdi. Amaliy tavsiyalar esa joylashuv shaxsiy ish bilarmonlik nuqtai-nazariyadan baholanadigan ayrim korxonaga ta'luqli bo'lganicha qolmoqda. IOGANN TYuNYeNning joylashtirish nazariyasi. Joylashtirish nazariyasi bo'yicha dastlabki poydevorli asar I.Tyunenning 1826 yilda bosilib chiqqan «Ajratilgan davlat» asari bo'ldi. Maklenburg yaqinida joylashgan Tellar mulkidagi amaliy agronomiyani ko'p yillar mobaynida o'rganish asosida muallif o'z fikricha umumnazariy ahamiyatga ega bo'lgan bir qancha xulosalar chiqaradi. Tadqiqot shart-sharoitlari va vazifalari quyidagicha ta'riflanadi hamda ularni joylashtirishning asosiy yo'llari belgilanadi. Hech qanday kema qatnamaydigan daryolar va kanallar kesib o'tmaydigan hosildor pastliklar o'rtasida joylashgan juda katta shaharni tasavvur eting. Bu pasttekisliklar hamma joyda ishlov berish uchun qulay mutlaqo bir xil tuproqqa ega bo'lib, shahardan ancha olis masofada butun davlatni boshqa dunyodan ajratib turibchi qo'l tegmagan kengiklardan o'tib ketgan bo'lsin. Pasttekisliklarda aytib o'tilgan birdan-bir katta shahardan boshqa shaharlar yo'q, unga butun mamlakatni sanoat mahsulotlari bilan ta'minlash majburiyati topshirilgan. U o'z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarni o'zini o'rab turgan past tekislikdangina olinadi. O'zimizga shunday savol beramiz. Agar xo'jalik batamom, oqilona olib borilsa xo'jalik belgilangan sharoitlarda qanday shakllar kasb etadi va unga shahardan uzoq yohud yaqin masofada bo'lish qanday ta'sir etadi. Tushunarliki, shahar yaqinida o'z tannarxiga nisbatan anchagina vaznga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi kerak. Shaharlardan olislab borgan sari tashib keltirish uchun o'z tannarxiga nisbatan arzon bo'lgan mahsulot yetishtirish uchun yer tabora ko'proq ajratilaveradi. Ana shu hisob-kitoblar asosida shahar atrofida u yoki bu masofalar ishlab chiqarishning asosiy predmetlari bo'ladigan keskin ajratilgan muayyan konsentrik doira yoki mintaqalar hosil qilinadi. Bu balki ancha katta ko'chirmada Tyunen usulining butun asosiy mohiyati bayon etilgan ekinlarni joylashtirishga, ularni ishlab chiqarish, joyidan sotiladigan bozorga tashib keltirish uchun qilinadigan xarajatlar hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. A.Vebercha sanoat shtandorti nazariyasi. A.Veberning I.Tyunen asari paydo bo'lib, eradan yuz yil o'tgach yozilgan asari sanoatni rivojlantirishga (joylashtirishga) oid burjua iqtisodiy adabiyotida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni joylashtirishga nisbatan «Ajratilgan davlat» ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.19 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.19 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: doc