Islandiya Islandiya oroli Atlantika okeanining shimoliy qismida, Shimoliy qutb doirasi bilan 63°25 shim. kenglik orasida, Shpitsbergendan ancha janubi-g'arbda joylashgan. Islaidiyaning maydoni-103 ming km2. Islandiya oroli qirg'oqlari yaqinidagi mayda orollar bilan birgalikda Islandiya Respublikasining territoriyasini tashkil etadi. Islandiya tabiati vulkanlarning intensiv harakati, hozirgi zamon muzlanishi va sernam hamda sovuq dengiz iqlimining birgalikdagi ta'siri natijasida nihoyatda o'ziga xosdir. Islandiyani ko'pincha muzlar va o't-olovlar o'lkasi deyishadi; biroq ayni vaqtda uni shamollar, yomg'irlar hamda tumanlar o'lkasi ham desa bo'ladi. Islandiya vulkanik yo'l bilan paydo bo'lgan orol bo'lib, butunlay qadimgi, yosh va hozirgi vulkan jinslaridan tarkib topgan. Orollar zamini to'q tusli bazalt lavalari qatlamlaridan tuzilgan bo'lib, bu qatlamlar neogenda ko'tarilgan va yoriqlar hosil bo'lgan; bunda yer yoriqlari bo'ylab yangi vulkan mahsulotlari oqib chiqqan. Bu mahsulotlar esa asosan nordon lavalar, kullar va brekchyyalardan iborat bo'lgan. Islandiya hozirgi vaqtda Yer sharidagi eng aktiv vulkanik oblastlardan biridir; bu yerda vulkanlar haradatining barcha ko'rinishlarivulkanlarning otilishi, issiq suv hamda gazlarning otilib chiqishi va hatto yangi vulkanlarning paydo bo'lishini kuzatish mumkin. Bundan bir necha yil muqaddam Islandiyaning janubiy qirg'oqlari yaqinida suv osti vulkanlarining otilishi natijasida Atlantika okeani suvlari yuzasidan yangi vulkan qad ko'tarib, uning balandligi bir necha soat mo-baynida bir necha yuzlab metrga egdi. Islandiya oroli antropogen boshida muz bilan qoplangan, bu hol uning relefida va sohillarining tuzilish xususiyatlarida aks etgan. Orol relefi-asosan tog'li relef. Pasttekisliklar yer yuzasining 13 qismidan kamrog'ini egallagan, shunisi ham borki, bu pasttekisliklarning barchasi g'arb va janubi-g'arbda joylashgan. Orolning sharqiy va shimoliy qismlarida past yerlar faqat sohil yaqinidagina uchraydi. Islandiya orolining katta qismi balandligi 400-600 m li bazalt platosidan iborat; bu plato deyarli hamma tomondan dengizga tomon tik yon bag'ir hosil qilib tushib kelgan. Qirg'oq chizig'i, ayniqsa sohilga ko'pdan-ko'p fordlar kirib kelgan shimol va shimoli-g'arbda, juda parchalanib ketgan. Janub va janubi-sharqda bazalt platosini chuqur tektonik yoriqlar kesib o'tgan, bu tektonik yoriqlar chekkasi bo'ylab bir qancha vulkan konuslari joylashgan. Islandiyaning Eng katta massivlarivatnayyokudl va uning yaqinida joylashgan Erayvayyokudl massivlaridir; Erayvayyokudl massivida Islandiyadagi eng baland tog' tepasibalandligi 2219 m li Xvandalsxnukur vulkani bor. Janubiy sohil yaqinida Mirdalsyokudl (1600 m); orolning markaziy qismida esa-Xovsyokudl (1700 m) massivlari va boshqa massivlar joylashgan. Massivlarning eng baland tepalari harakatdagi yoki so'ngan vulkanlardan iborat. Orolning janubi-g'arbiy qismida Islandiyaning eng aktiv vulkani Gekla qad ko'targan, uning balandligi 1447 m ga etadi. Vaqt-vaqti bilan kuchli va davomli vulkan otilishlari bo'lib turadi. Bunda ekin dalalari va yaylovlar lava oqimlari tagida qolib ketadi, otilib chiqqan kul va zaharli gazlar bir necha kilometr masofada atmosferani zaharlaydi. Gekla vuliani 1947-1948 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.84 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.84 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: doc