Istambul - rasmi

Material tavsifi

ISTAMBUL Istanbul - Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining ma'muriy markazi. Aholisi 6 536 862 kishi (2011-yil o'rtalari). I. Marmardengizi va Bosfor bo'g'ozining past-baland sohillarida joylashgan. Bo'g'oz shaharni ikkiga - Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropaqismiga bo'lib turadi. Yevropaqismi Oltin Shox qo'ltig'i sohillarida joylashgan. 1970-72 yillarda Bosfor bo'toziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan ko'prik qurilgan. Iqlimi subtropik o'rta dengiz iqdimi, yanvarning o'rtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, o'rtacha yillik yog'in 633 mm Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan.330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan[4][5]. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395-1453 yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yildA Istanbul turklar tasarrufiga o'tgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; o'sha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropadavlatlari shaharni va bo'g'ozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va o'sha yilning oktyabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga ko'chirildi Shahar qulay geografik o'rinda joylashgan. Istanbul - mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. To'qimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yog'ochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, ko'n poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va'chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yog'och, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga to'g'ri keladi. Transport yo'llari Istanbul - dengiz, quruqlik va havo yo'llarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yo'llari o'tgan. Temir yo'l orqali Yevropadagi ko'pgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bog'langan. Bosfor bo'g'ozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yo'lovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari o'tib turadi. xalqaro aeroport bor. Shaharni, ayniqsa, uning qadimgi qismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va o'rta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid me'moriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, o'rta asr masjidlari va 15-16-asr saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar ko'p keladi. 3 ta universitet, institutlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akademiyasi, muzeylar, kutubxona, opera va boshqa teatrlar bor ISTAMBUL SHAHRI E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.45 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.45 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga