IX-XIV asrlar tarixiy geografiyasi

IX-XIV asrlar tarixiy geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
IX-XIV asrlar tarixiy geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

IX-XIV asrlar tarixiy geografiyasi Reja: Sоmoniylar davlati tarixi geografiyasi. Qoraxoniylar davlati tarixi geografiyasi. G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar tarixi geografiyasi. IX-XII asrlarda geografik bilimlar. Mo'g'illarning O'rta Osiyoni istilo qilishi. Chig'atoy ulusi davrida O'rta Osiyo 7. Mug'illar davrida geografik bilimlar. IX asrning oxirgi choragida Movoraunnarxrning barcha viloyatlari Samoniylar tasarrufiga o'tib u o'з mustaqilligini tiklab oladi. Samoniy davlati 88 yilgi aka ukalar jangidan so'ng Ismoil Samoniylar davlatiga asos soladi. Uning davrida Buxoroning Komprak devori qurilishi to'xtatib qo'yiladi. Tarixshunos mutafakkur Narshoxiyning yozishicha Amir Ismoil kuchli qo'shinini nazarda tutib, Toki men tirik ekanman Buxoro viloyatining devori men bo'laman - deb aytgan edi. Somoniylar davlat boshqaruvida amir devonlar boshqaruvidan foydalangan. Somoniylar davlati o'nta devon asosida boshqarilgan. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib davlat mhkamasi mana shu maxsus binoga joylashtirilgan edi. Ular orasida Vazir devoni2 bosh boshqaruv maxkamasi hisoblanar va davlatning ma'muriy siyosiy xo'jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazir devoniga tobe edi. Mustafiy devoni bu devon davlatning butun moliyaviy ishini boshqargan. Devoni Amir - al mulk davlat ahamiyatiga molik bo'lgan rasmiy xujjatlarni tuzish bilan shug'ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan olib boriladigan o'zarol munosabatlarni boshqargan. Sohibi-ash shur'at bu devon davlat ahamiyatiga molik bo'lgan xujjatlarni, xabarlarni etkazish bilan shug'ullangan. Muxtasib devoni bozorlarni, sotuvchilarni qadoq toshlar og'irligi bozordagi mollarning narxini sifatini nazorat qilish bilan shug'ullangan. Mushtarif devoni xazinaning daromadini xarajatlarini nazorat qilgan. qozi az-ziya devoni davlat erlarini vaqf devoni hadya etilgan erlarni va musulmon ruxoniylarning boshqa mol mulklarini nazorat qilish. Er egaligining quyidagi shakllari: Mulki sultoniy-shaxsan amirga tegishli er, suv, tegirmon, do'konlar, bu mulklarni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana er egaligining tu'ma (umrbod berilgan er) iq'to (merosiy) turlari bo'lgan. Xususiy shaxslarga tegishli mulk erlari xukmdor tabaqa honadoni, dehqon, zodagonlarga,sayidlar, spahsozlar, davlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli er egaligi ham bo'lgan. Vaqf mulklari diniy-muassasalarga va madrasalarga tegishli mulk, bu mulkni muassasa mutavvalisi boshqargan. Jamoa erlari - yaylov tog' bag'irlaridagi suvsiz lalmikor erlar kirgan. Xiroj sharoit va davlat qonunlariga asoslanib olingan. Somoniylarning Buxoro va Karmana viloyatlari Xurojdan tushga ndaromad 116866 dirhomni tashkil qilgan. Somoniylar davrida erni qaytadan taqsil qilinadi. Er egaligining yangicha guruhi tashkil qilinadi. Ularnig ko'pchiligi spohiylardan chiqqan edi. Bu davrda Movoraunnaxr va Xuroson sharqning iqtisodiy jixatdan eng rivojlangan o'lklardan hisoblanar edi. Hususan va ayniqsa Movoraunnaxr dexqonchilik o'lkasiga kiritilgan edi. Bu erlarda dehqonchilik asosan sun'iy sug'orishga asoslangan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Koykand, Samarqand vohasida Darg'am, Barmashi, Buzmadisoy, Ishtihon kabi kanallar shahar va qishloqlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.32 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.32 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga