Jahon aholisi soni va uning ko'payishi haqida umumiy ma'lumot

Jahon aholisi soni va uning ko'payishi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon aholisi soni va uning ko'payishi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Jahon aholisi soni va uning ko'payishi 9-sing Geografiya darsligi asosida 8 § - mavzu XIX asrgacha bo'lgan davrda demografik jarayonlar Dunyo aholisi soni Aholi dinamikasidagi farqlar Reja: Dastavval, bu - moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning qoniqarsiz ahvolda ekanligi, qolaversa, vaqti-vaqti bilan takrorlanib turuvchi ocharchilik, o'lat, vabo va chechak epidemiyalari natijasida yuzminglab odamlarning qirilib ketishi bilan bog'langandir. Yer sharida bunday ofatlar 200 - 400, 1200 -1300, 1600 -1650- yillar ichida qayd etilgan bo'lib, o'sha davrlarda aholi soni umuman o'smadi, 1300 -1400- yillar davomida qora o'lat epidemiyasining ta'sirida yer yuzi aholisining 14 qismi nobud bo'ldi. Demograf olimlar demografik o'tish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni o'z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. Birinchi bosqich uchun tug'ilishning yuqori darajada saqlanishi va o'limning keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o'sish xosdir. Ikkinchi bosqich ko'p bolali oiladan kam bolali oilaga o'tish, o'limning qisqarishi, tug'ilishning esa undan ham ko'p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o'sishning kamayishi bilan ifodalanadi. Uchinchi bosqichda , avvalambor, aholi ichida qariyalar sonining o'sishi hamda tug'ilishning asta-sekin pasayishi natijasida umumiy o'limning nisbiy darajasi birmuncha ko'tariladi. To'rtinchi bosqichda tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy-umumiy o'sishi umuman barham topadi. Demografik o'tish davri, dastavval, Yevropada XVII asrda boshlandi. Shunda tabiiy o'sish koeffitsiyenti 20-30 promillega teng bo'ldi. Buni haqiqatan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Dunyo aholisi soni so'nggi salkam 60 yil ichida 2,6 marta o'sdi. Bundan ham yuqori ko'rsatkich Osiyo (2,9) va Afrika (4,5)ga xos bo'ldi. Mazkur ko'rsatkich Yevropada1,3 martaga teng bo'ldi. So'nggi yillarda Yer yuzi aholisining mutlaq soni yiliga o'rtacha 90 mln. kishiga oshmoqda. Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo, Markaziy Amerikada aholi sonining yuqori sur'atlar bilan o'sishi kuzatilmoqda Aholi soni va uning tarkibiga go'daklar o'limi ham juda katta ta'sir ko'rsatadi. Yer sharida 2003-yilda jami 8331 ming bola bir yoshga yetmasdan o'lganligi qayd etildi. Shundan 1310 mingi Hindistonga, 708 mingi Xitoyga to'g'ri keldi. Yer shari aholisining o'rtacha umr davri 2012- yilda 67 yoshga teng bo'ldi. Bu ko'rsatkich iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda (Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya jami 29 davlat) 78 - 83 yoshni, qoloq mamlakatlarda (80 dan ortiq) 39 - 59 yoshni tashkil etdi. O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davri erkaklarda 67 yoshga, ayollarda esa 73 yoshga, o'rtachasi esa 73,5 yoshga teng. Tarixiy manbalar Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistonda o'rtacha umr ko'rish davri atigi 25 yoshga teng bo'lganligini asoslaydi. O'rta asrlarda bu ko'rsatkich taxminan 30 yoshgacha ko'tarildi. Umr davrini ko'rsatuvchi umumiy yo'nalishning mavjudligiga qaramasdan ko'rsatkichlar o'rtasida sezilarli farqlar mavjud. Bu ko'rsatkich Yevropabilan Afrika o'rtasida 1950-yilda 27 yoshni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga