Jahon chorvachiligi va baliqchiligi

Jahon chorvachiligi va baliqchiligi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon chorvachiligi va baliqchiligi - rasmi

Material tavsifi

Jahon chorvachiligi va baliqchiligi 9-sing Geografiya darsligi asosida 20 § - mavzu Jahon chorvachiligi Chorvachilikning intensiv tarmoqlari Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari Reja: Chorvachilik jahon aholisining kundalik iste'molidagi eng asosiy mahsulot (go'sht, sut, tuxum, asal kabi)larni, sanoat uchun esa muhim xomashyo (teri, jun, pilla, mo'yna kabi)larni yetkazib beradi. Chorvachilik qo'y va cho'chqachilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga bo'linadi. Ular dunyoning barcha mintaqalarida turli sharoitda boqiladi. Chorvachilikning muhim xususiyatlaridan biri - mollar soni, odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda, ulardan olinadigan mahsulotlar hajmi esa rivojlangan mamlakatlarda ko'proq. Aholi iste'molidagi jami go'shtning 13 qismi va sutning 910 qismini qoramolchilik yetkazib beradi. Jahonda ularning umumiy soni 1,3 mlrd. Bosh bo'lib, yarmidan ko'pi Yevrosiyo mamlakatlarida boqiladi. Qoramollarning soniga ko'ra Hindiston, AQSH, Braziliya, Xitoy va Argentina mamlakatlari ajralib turadi. Chorvachilikning intensiv tarmoqlaridan biri cho'chqachilikdir. 900 mln. boshdan ziyod bo'lgan bu tarmoq jahon aholisi iste'mol qiladigan go'shtning 25 qismini yetkazib bermoqda. Cho'chqachilikning deyarli yarmi Xitoy hissasiga to'g'ri keladi. Keyingi o'rinlarda AQSH, Braziliya va Yevropaning asosiy yirik davlatlari turadi. Qo'ychilik (1,2 mlrd. bosh) jahonning o't-o'lanlarga boy keng yaylovli hududlari bo'ylab keng tarqalgan. Qo'ylar soniga ko'ra Avstraliya (165 mln.), Xitoy (110 mln.), Yangi Zelandiya (85 mln.), Rossiya (58 mln.) davlatlari jahonda eng yirik hisoblanadi So'nggi yillarda chorvachilikning jahon bo'yicha tez rivojlanib borayotgan yirik tarmoqlaridan yana biri - parrandachilikdir. Aholi iste'molida kata o'rin tutadigan parhez go'sht (jami iste'moldagi go'shtning 20%i) va tuxum yetishtirishda asosiy o'rin tutadi. Bu tarmoq intensiv rivojlanish xususiyatiga ega bo'lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan. Shuningdek, chorvachilikning pillachilik (Xitoy, Yaponiya, O'zbekiston, Ispaniya, Italiya va h.k.), tuyachilik (cho'l va chalacho'l mintaqasi davlatlari), bug'uchilik (Rossiya, Kanada) kabi sohalari ham joyiga ko'ra ahamiyatga ega. Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari inson salomatligi uchun zarur bo'lgan oqsil va boshqa biologik faol birikmalarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Hozir jahonda oqsilga bo'lgan ehtiyojning 25% ini baliqchilik bermoqda. Baliq ovlash hajmi so'nggi yillarda 110 mln. t ni tashkil qilmoqda. Baliq ovlash bilan amalda suv havzalariga ega bo'lgan jahonning deyarli barcha davlatlarida shug'ullaniladi. Jahonning jami 15 mln. aholisi hozirgi vaqtda baliqchilik bilan shug'ullanadi. Ovlanayotgan baliq mahsulotlarining 12 qismi Yaponiya, Xitoy, AQSH, Chili, Peru va Rossiya davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.41 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.41 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga