Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakllari 9-sing Geografiya darsligi asosida 3 § - mavzu Reja: Davlat boshqaruvining monarxiya shakli Davlat tuzilishi Iqtisodiy rivojlangan davlatlar Har qanday mamlakatning davlat tuzumi uni idora qilish shakli bilan ajralib turadi. Respublika shakli qadimdan ma'lum (Qadimgi Rim) bo'lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. 2013-yilda jahonda 149 ta Respublika mavjudligi qayd etilgan. Davlat boshqaruvining shakli oliy davlat hokimiyatining tuzilishini ko'rsatadi, ya'ni u qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o'rtasida davlatni boshqaruv jarayonida kelib chiquvchi aloqalarni anglatadi. Jumladan, prezidentlik Respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari prezident qo'lida to'plangan bo'ladi (u davlat va hukumat boshlig'i, oliy bosh qo'mondon va hokazo). Parlamentlik Respublikalarda hokimiyatning asosiy vakolatlari parlament qo'lida bo'ladi. Bunday davlatlarda prezident funksiyalari birmuncha cheklangan bo'ladi. Davlat boshqaruvining monarxiya shaklida jamiyatdagi turli xil diniy va ijtimoiy- siyosiy funksiyalari o'zining amaliy ifodasini topadi. Hozirgi vaqtda dunyoda 45 ta monarxiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning ichida aksariyat ko'pchiligi konstitutsion monarxiyadan iborat. Bunday monarxiyalarning soni, ayniqsa, Yevropada ko'p. Konstitutsion monarxiyalarning soni Osiyoda 9ga, Afrikada 3 ga, Amerikada 9 ga teng (asosan, Karib dengizi havzasida). Jahonda mutlaq teokratik monarxiya 2 ta bo'lib Ularning birinchisi islom diniga (Makka-Madina) Ikkinchisi xristian diniga (Vatikan) tegishli. Har qanday mamlakatning ma'muriy-hududiy tizimi davlat tuzilishining ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat tuzilishining shakli). Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli - bu federatsiya yoki federative davlatdir. U federatsiya subyektlari (shtatlar, provinsiyalar, Respublikalar va b.) dan tashkil topadi. AQSHda 50 ta shtat 30 mingdan ortiq grafliklarni birlashtiradi. Grafliklar, o'z navbatida, taunshiplar va munitsipalitetlarga bo'linadi. Bulardan tashqari, yana bir necha mingta maxsus okruglar ham mavjud. O'zbekistonda MHTning Respublika, viloyat, tuman hamda fuqarolar yig'inlari bo'laklari tashkil etilgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: pptx