Jahon qishloq xo'jaligi

Jahon qishloq xo'jaligi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon qishloq xo'jaligi - rasmi

Material tavsifi

Jahon qishloq xo'jaligi Qishloq xo'jaligi aholi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birgalikda yengil sanoat uchun ma'lum miqdorda xom ashyo ham yetkazib beradi. Biroq qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'sishiga nomutanosib ravishda jahon aholisining ma'lum qismi, hatto o'nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to'yib ovqat emaydi. Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam ta'minlangan mamlakatlarning aholisi kiradi. Shunga bog'liq holda oziq-ovqat bilan ta'minlanishi o'sish darajasini aholi o'sish darajasiga nisbatan 2 foiz emas, balki 3,5-4 foizga yetkazish zarur. Yer shari iqtisodiy faol aholisining 60 foizdan ortig'i qishloq xo'jaligida band, agar qishloq xo'jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 23 qismi qishloq xo'jaligi sohalariga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda ham Afrika va Osiyoni ko'pgina davlatlarida aholining 70 foizdan ortig'i qishloq xo'jaligida band. Ayrim davlatlarda, masalan: Verxnaya Voltada (G'arbiy Afrika) 95 foiz aholi qishloq xo'jaligida band. Sanoatlashgan va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligida band aholi salmog'i kamayib bormoqda. AQSHda hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligida 5 foiz aholi, Buyuk Britaniyada esa 2 foizdan kamroq aholi qishloq xo'jaligida ishlaydi. Qishloq xo'jaligi ikki asosiy tarmoqqa bo'linadi: 1. Ziroatchilik 2. Chorvachilik Hozirgi zamon qishloq xo'jalik geografiyasi ko'pgina omillarga bog'liq: iqtisodiy, tabiiy va siyosiy. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning geografik joylashishiga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri u yoki bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari hisoblanadi. AQSH, Kanada, Angliya, G'arbiy Yevropadavlatlarining qishloq xo'jaligi oxirgi o'n yillikda kapitalistik rivojlanishning umumiy oqimi va hozirgi zamon sanoat iqtisodiyotining ajralmas qismi bo'lib qoldi. Qishloq xo'jaligini joylashishiga tabiiy sharoit katta ta'sir ko'rsatadi, uning rivojlanishi uchun yorug'liq, issiqlik, namlik va tuproqqa ozuqa moddalari zarur. Qulay agroiqlim, suv, tuproq resurslari quruqlikning hamma joyida ham uchramaydi. Tuproq masalan, bir turdagi qishloq xo'jalik ekini uchun qulay bo'lsa, boshqasi uchun esa noqulay bo'lishi mumkin. Qutb mamlakatlari qishloq ho'jaligi ishlab chiqarishi uchun unchalik qulay emas. Subtropik va tropiklarda esa issiqlik va yorug'likning ko'p bo'lishi bilan, namlik yetishmaydi.Dengiz iqlimiga xos mamlakatlar, ya'ni mo''tadil iqlimli mamlakatlarda namlik yetarli, ammo issiqlik yetishmaydi. Qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligiga xali ham iqlim sharoiti yetarli ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Tabiat injiqliklari dehqonchilikka katta zarar yetkazmoqda. Yer sharining ayrim qismlarida noqulay qish, qirovlar, ob-havoni keskin o'zgarishi, qurg'oqchilik, do'l, sel, kuchli shamollar va boshqalar, bularning hammasi dunyo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi mahsulot hajmiga ta'sir ko'rsatadi. Mikroiqlim xususiyatlari, hatto rayonlarning ham ob-havo xususiyatlari farqlanganligi uchun ham, ekinlarni tanlashda ularni inobatga olish va agrotexnika qoidalariga rioya qilish zarur. Qishloq xo'jaligi joylashishiga uning tarmoqlari ixtisoslashishi ham ta'sir ko'rsatadi. Ba'zi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining turli rayonlarda ishlab chiqarish ham ularning transport-geografik holatiga, iste'molchiga yaqinligi va qishloq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 484.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 484.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga