Jahon qora va rangdor metallurgiya sanoati Jahon qora metallurgiya sanoati 1,5 asr mobaynida (keyingi) toshko'mir havzalariga tayanib rivojlandi. AQSH, xorijiy Yevropa. Rossiya metallurgiya markazlari ana shunday vujudga keldi. O'ziga jalb qilish boyicha 2-o'rinda temir ruda havzalari turadi. Jahonda hozirda 50 mamlakatda temir qazib olinadi. Lekin asosan bir necha mamlakatlarda eritiladi xolos. Avvaliga metallurgiyaning kokslanadigan ko'mir va temir keltirishga tayanishi sababli qora metallurgiya korxonalari dengiz portlariga yaqinlashib borgan. Masalan: Yaponiya, xorijiy Yevropaqisman AQSHda. Keyingi vaqtlarda iste'molchilarga tayanish ayniqsa kuchaydi. Natijada yirik metallurgiya korxonalaridan kichik zavodlar qurishga o'tila boshlandi. Ularni erkin joylashtirish mumkin. Asrimizning 50-60 yillari butun qora metallurgiya sanoati iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda to'plangan edi. Lekin keyingi vaqtlarda Braziliya, Koreya, Hindiston kabi mamlakatlarda ham temir eritish rivojlangan davlatlar darajasiga etdi va ba'zan o'zib ketdi. Jahonda temir rudasi asosan yer po'stining seysmik mintaqalarida va platforma yoriqlarida uchraydi. Jahonda yiliga 1,1 mlrd t. temir rudasi qazib olinadi (2006 y). Temir rudasi zapasi boyicha yetakchi davlatlar: 1.MDH-146 mlrd.t. 4.Kanada-25,3 mlrd.t. 2.Braziliya-49,3 mlrd.t. 5.AQSH-25 mlrd.t. 3.Avstraliya-45,4 mlrd.t. 6.Hindiston-19,3 mlrd.t. Temir rudasi qazib olish boyicha yetakchi davlatlar (1994 yil mln.t.). 1.Xitoy-229 6.Hindiston-57 2.Braziliya-166 7.Kanada-36 3.Avstraliya-128,7 8.JAR-32 4.Rossiya-68 9.Shvesiya-20 5.AQSH-58 10.Venesuela-16 Temir rudasining asosiy eksportchilar: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Hindiston. Temir rudaning asosiy importchilari: Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi. Masalan: barcha ishlatiladigan temirni Yaponiyada 100%, Germaniyada 90%, Buyuk Britaniyada 66% chetdan keltiriladi. Po'lat eritishda yetakchi mamlakatlar (mln.t.2006y.): 1 Xitoy-220., 6.Germaniya-45 2. Yaponiya-110 7.Ukraina-37 3.AQSH-94 8.Hindiston-32. 4.Rossiya-63 9.Braziliya-31 5.Koreya-46 10.Italiya-27 Mazkur birinchi o'nlik davlatlariga dunyoda eritilinayotgan jami po'latning 72, 6 % i to'g'ri keladi. Aholi jon boshiga choyan-po'lat eritish jihatidan 1-o'rinda Lyuksemburg turadi. 1 kishiga 10t. Po'latning asosiy eksportchilari: Yaponiya, GFR, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina. Importchilari: AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni. Jahonda yiliga 970 mln.t. dan ortiq po'lat eritilinadi. Prokat bu-quvur, ramalar, listlar, ugolnik, shviller, armatura, prut kabilar. Qora metallurgiya sanoatining xarakterli xususiyati: 1970 yillarga nisbatan deyarli barcha mamlakatlarda choyan, po'lat eritish kamayib bormoqda. Masalan: AQSH 1970 yil 122 mln.t. 1990yil 90 mln.t.; Buyuk Britaniya 1970yil 28 mln.t., 1990yil 18 mln.t. Rangdor metallurgiya o'zida rangli metallarni qazib chiqarish, boyitish, eritish va qotishmalar ishlab chiqarishni birlashtiradi. Rangdor metallurgiya ishlab chiqarish ko'lamiga ko'ra qora metallurgiyadan 20 hissa orqadadir. Rangdor metallurgiya FTI davrida elektrlashtirish, atom texnikasi, aviasiya, raketasozlik, mikrotexnika, ximiya sanoati uchun katta ahamiyatga ega. Rangdor metallurgiya qimmatli xususiyatlarga ega. Ularning ba'zilari (qalayi, nikel, qo'rg'oshin) korroziyaga chidamli, issiqqa bardoshli (titan), elektr tokini yaxshi o'tkazadi (Al, Cu, Ag). Rangdor metallurgiya sanoatida Al eritish birinchi o'rinda, Cu eritish esa ikkinchi o'rinda turadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.76 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.76 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:42 ]
Arxiv ichida: doc