Jahon tabiiy resurslari

Jahon tabiiy resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon tabiiy resurslari - rasmi

Material tavsifi

Jahon tabiiy resurslari 9-sing Geografiya darsligi asosida 4 § - mavzu Reja: 2 3 4 Jahon tabiiy resurslari 1 Jamiyatning rivojlanishi Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar Tabiiy resurslar Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne'matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullangan, o'simlik ildizlarini yeb kun kechirgan. Insoniyat hayotining 2- bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Taraqqiyotining 3- bosqichi hisoblanmish O'rta asrlar davrida yer, mineral va o'rmon resurslarini kengroq o'zlashtirishga kirishila boshlandi. Jamiyat bilan tabiatning o'zaro ta'siri jarayonining 4-bosqichida inson tomonidan tabiatni o'zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslarni o'zlashtirish sur'atlarini keskin tezlashtirdi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaftlarning tez sur'atlarda o'zlashtirilishi (bo'sh yotgan yerlarning haydalib, ekin maydonlariga aylantirilishi, temiryo'llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta'siri sekin-asta kuchayib bordi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng yuqori darajasiga yetdi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra hozirgi vaqtda inson tomonidan o'zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining 60% dan ortiqroq maydonini egallaydi. Inson o'z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirishi yo'lida sayyoramizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko'proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o'ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik muhit deb ataladi. Insoniyat o'z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar)dan foydalanadi. Tabiiy resurs deb, inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiat ne'matlariga aytiladi. Yer shari juda ko'p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo'linadi. Ular yer, suv, mineral, biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xususiyatlariga ko'ra tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo'linadi. Tuproq, mineral, o'simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo'ylab notekis joylashgan. Fors qo'ltig'i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarimsharning o'rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o'rmonlarga ancha boy. And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarimsharning o'rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o'rmonlarga ancha boy. REJA: 1.Kirish. 4. Insoniyat tabiiy resurslardan foydalanishi natijasida yuzaga kelgan muammolari. 3. Tabiiy resurslarning ta'minlanganlik darajasiga ko'ra turlari. 2. Jahon tabiiy resurslarining kelib chiqishi va xususiyatiga ko'ra turlari. Jahon tabiiy resurslari Tabiiy resurs deb inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiiy ne'matlarga aytiladi. Tabiiy resurslar asosan beshta turga: mineral biologik iqlimiy suv yer Tabiiy resurslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.37 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.37 MB
Ko'rishlar soni 155 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga