Jahon transport geografiyasi haqida umumiy ma'lumot

Jahon transport geografiyasi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon transport geografiyasi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Jahon transport geografiyasi Reja: Jahon transport geografiyasi FTI-transport yo'llari 3. Jahon quruqlik transporti. Jahon xalq xo'jaligini transportsiz tasavvur etib bo'lmaydi.Transport moddiy ishlab chiqarishning 3- tarmog'i hisoblanadi, u barcha tarmoqlarning rivojlanishda yetakchi asosiy o'rin tutadi. Transport: -sanoat bilan qishloq xo'jalik orasidagi; -qayta ishlovchi bilan undiruvchi sanoat orasidagi; -ishlab chiqarish bilan xom-ashyo orasidagi; -ishlab chiqarish bilan iste'molchi orasidagi; -jahon mamlakatlari bilan turli regionlar orasidagi mahsulot va xom-ashyo almashinishini; -jahon mamlakatlarida xalqaro tashqi savdo bilan ichki savdoni ta'minlaydi. -yangi teritoriyalarni o'zlashtirish,mineral resurslardan to'liq foydalanish (ayniqsa,foydali qazilmalardan,o'rmon,yer) uchun albatta transport yo'llari o'tkaziladi (masalan: Transamazoniya,BAM); -transport geografik mehnat taqsimotini asosini tashkil etadi. Transport xalq xo'jaligiga xizmat qilish bilan birga ko'p miqdorda elektr energiya,yoqilg'i,metall,yog'och,qurilish materiallari,sanoat mahsulotlari va malakali mehnat resurslarini talab etadi. Barcha yo'llar (temir yo'l,avtoyo'l,suv,havo,quvur,elektron), transport korxonalari va transport vositalari birgalikda jahon transport sistemasini tashkil etadi.Jahon transport tizimida 100mln.dan ortiq kishi band.Bu Ukraina aholisiga nisbatan 2 marta,Portugaliya aholisidan 10 marta ko'p.Jahondagi butun transport yo'llarining umumiy uzunligi 32 mln.km dan oshadi. Har yili jahon transportining barcha turlarida 100 mlrd.t.dan ortiq yuk va 1trln.ga yaqin yo'lovchi tashiladi.Bu yuk va yo'lovchilarni tashishda 200 lokomativ va millionlab vagonlar,500mln.ga yaqin avtomobillar,800 kema,100dan ortiq samolyotlar qatnashadi. FTI transportning ayrim turlari o'rtasidagi mehnat taqsimotida katta o'zgarishlarga olib keldi.Masalan:dengiz transportini neft va neft mahsulotlarini tashishi (ilgari odam tashigan). FTI-transport yo'llari va turlarini yuk ko'tarish va o'tkazish imkoniyatlarini oshirdi. -butunlay yangi transport vositalarini yuzaga keltirdi (Internet). -yuk sig'dirish,tashish imkoniyatlari va harakat tezligini oshirdi. Bular ayniqsa,temir yo'llarning elektrlashtirilishida,magnit maydon ustida yuruvchi tezyurar poezdlarda (Yaponiyada soatiga 550km tezlikda yuruvchi poezd sinovdan o'tdi) elektromobillar,gaz balonli va dizelli dvigatelli texnikalarga qiziqish oshganligida,atom kemalarda keng fziyuajli aerobuslarda kuchli sezilmoqda. Har xil transportni rivojlantirishga yuklarni konteynerlarda tashish,transportdagi mehnat unumdorligini 8-10 marta oshirib yubordi. Dunyodagi yuk va yo'lovchi tashish geografik jihatdan juda notekis taqsimlangan.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar transporti,texnika darajasining yuqoriligi va transport tarmoqlarining o'zaro yuksak aloqadorligi bilan ajralib turadi. Jahon transport tarmoqlari va jahondagi yuk va yo'lovchi tashishning 75-80% shu mamlakatlarga to'g'ri keladi.Rivojlangan mamlakatlarning transport tarmoqlari bilan ta'minlanganlik darajasi,ularning zichligi, aholining transportdan foydalanish darajasi ham eng yuqori.Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko'pchiligida transport qishloq xo'jaligi kabi ekonomikaning qoloq tarmog'idir. Transport sistemasining shakllanmaganligi ularning rivojlanishiga,tabiiy resurslarning o'zlashtirilishiga,xalqaro savdo va iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga to'sqinlik qiladi.Shuningdek,mazkur mamlakatlarda 1yoki 2xil transportning ustun turishi xarakterli. Masalan: Hindiston,Pokiston,Braziliya,Argentinada temir yo'l,Yaqin va O'rta Sharqda quvur transporti,Tropik Afrikada daryo transporti. Lekin temir yo'lda eski paravozlarni daryolarda eski kemalarni saqlanib qolganligi taraqqiyotga kuchli ta'sir qiladi.Ko'p mamlakatlarda yuk tashishda ot,tuya,eshak,fil,lama,buyvollardan foydalaniladi.Jahon transport sistemasining regional qismlari: MDH, Shimoliy Amerika,xorijiy Yevropa,Yaponiya,Lotin Amerikasi,Janubiy Osiyo.Transportning ish haqi uning yuk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.33 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.33 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga