O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Qarshi davlat universiteti TABIIY FANLAR FAKULTETI Geografiya kafedrasi Jahon transporti mavzusini o'qitish texnologiyasi Bitiruv malakaviy ish Bajaruvchi: 5110500 - geografiya o'qitish metodikasi talabasi Otamurodov Umidjon Tog'murodovich Ilmiy rahbar: O'qituvchi X.H.Jumayev Taqrizchi: Himoyaga qo'yildi 2015-yil Kafedra mudiri QARSHI 2015 Mundarija. Kirish…… I bob. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiya ta'limi tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati…… I.1. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o'qitishda pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati, maqsadi va vazifasi…… I.2. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o'qitishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o'ziga xos xususiyatlari…… I.3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari……. II bob. Jahon transporti mavzusini o'qitish texnologiyasi……. II.1. Jahon transporti mavzusini o'qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar…… II.2. Jahon transporti mavzusini o'qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar …… II.3. Dars jarayonida lokal va xususiy metodik darajadagi texnologiyalarni uyg'unlashtirish yo'llari…… II.4. Pedagogik tajriba- sinov ishlarini tashkil etish va uning mazmuni…… II.5. Tajriba sinov natijalari……. Xulosa…….…… Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…… Glossariy…… Kirish. Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrolovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. О'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bо'lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bо'lamiz. Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog'langan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta'lim sohasini rivojlantirishga yо'naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta'lim jarayoni kо'proq о'quvchi shaxsiga yо'naltirilmoqda. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g'oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bо'lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun о'quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta'minlash lozim. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Sog'lom bola yili davlat dasturi tо'g'risidagi Qarorida mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning о'z ijodiy va intelektual saloxiyatini rо'yobga chiqarish bо'yicha qo'yilgan vazifalarda ta'lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy о'quv yurtlarida о'qitish sifatini tubdan yaxshilash, samarali tizimini yanada rivojlantirish kо'zda tutilganligi dolzarb vazifalardan biridir. Prezidentimiz mazkur muammoning dolzarbligiga alohida urg'u berib, Eski ta'lim tizimining eng yomon qusuri boshlang'ich ta'limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham umumta'lim maktablarida dars beraveradi Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan maktabdagi davri eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qо'yilishini oddiy mantiqning о'zi talab etadi, …kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bо'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim-tarbiya olishiga bog'liq, deya ta'kidlaydilar. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.42 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: doc