Jahon transporti

Jahon transporti

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon transporti - rasmi

Material tavsifi

Jahon transporti 9-sing Geografiya darsligi asosida 21 § - mavzu Reja: 2 3 4 Avtomobil transporti 1 Temiryo'l transporti Havo transporti Quvur transporti Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi. Quruqlik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi. Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. XX asr boshlaridan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha mamlakatlarida eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Jahonda 600 mln. dan ziyod turli avtomobillar bo'lib, ularning 45 qismi G'arbning rivojlangan mamlakatlaridadir. Birgina AQSH da dunyo avtomobillarining 30 % idan ko'pi harakat qilmoqda. Temiryo'l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat Quvur transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqariladigan va ularni iste'mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Ular AQSH, sobiq Ittifoq mamlakatlari, Germaniya, Kanada, Niderlandiya va boshqa davlatlardir. Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi. Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Asosiy dengiz yo'llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste'mol qiluvchi davlatlar o'rtasida tashkil qilingan. Dengiz bo'g'ozlari orasida eng yirigi La-Mansh bo'g'ozidir. U orqali bir kecha-kunduzda 500 tagacha kema o'tadi. Keyingi o'rinlarda turuvchi bo'g'ozlar: Eresunn (Zond) - 175 ta, Gibraltar - 200 ta, Xormuz - 100 ta, Malakka - 80 ta, Bosfor 40 tagacha kema o'tkazadi. Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Havo transportida tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45% i ichki va 55% i xalqaro aloqalar hissasiga to'g'ri keladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.97 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga