Jahon xalqlari etnografiyasi Amerika qit'asi Amerika qit'asi o'zining territoriyasi bilan faqat Osiyodan bir oz kichikroq. Uning maydoni Grelandiya bilan 44,5 mln. kv. km.ni tashkil qiladi. Atlantik va Tinch okeanlari oralig'ida joylashgan shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka cho'zilgan bu qit'a aslida ikkita mustaqil quruqlikdan iborat. Uning 24,3 mln. kv.kmga ega bo'lgan shimoliy qismi trapesiya shaklida, janubiy qismi katta noteksi uchburchakka o'xshaydi. Amerikaning shimoldagi eng keng qismi ekvatordan pastroqda 4,5 ming km.ga ham yetmaydi. XX asrda shu yerda qazilgan 80 kmlik Panama kanali Tinch va Atlantik okeanlarini bog'lagan muhim xalqaro savdo yo'liga aylangan edi. SHIMOLIY AMERIKA XALQLARI Hozirgacha algonkin va atapask qabilalarida ham matrilokal, ham patrilokal nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Bir necha juft oilalardan tashkil topgan kichkina urug-jamoa ko'chib yurishga odatlangan. Ayrim vaqtlarda bayram yoki diniy marosim munosabati bilan muayyan joyda bir necha nikohdagi guruhlar to'planishganlar. Odat bo'yicha, nikohdan keyin ma'lum davr kuyov xotin urugida yashab, kelin haqi uchun xizmat qilgan. Jamoa ekzogamiya tartiblariga rioya qilishi shart bo'lgan. Barcha qabilalarda muhim masalalarni muhokama va xal qilishda hamma teng huquqqa ega bo'lgan. Ammo eng keksa donishmand kishilar rahbarlik qilganlar. Ichki jamoa munosabatlarida xar kim o'ziga o'zi xo'jayin degan axloq qoidasiga rioya qilinadi. Eski qadimiy dunyo hisoblangan Yevropa, Osiyo va Afrikaga nisbatan Yangi Dunyo deb atalgan Amerikaning tabiati va iqlimi nihoyatda rang-barang. Tinch okean sohillari bo'ylab shimoldan janubga tomon butun ikki kit'aga cho'zilgan Kordilyer nomli eng yirik tog tizmalari Tinch okeanida ruy berayotgan tektonik jarayon bilan bog'liq. Bu yerda eng baland togliklar va hozirdan notinch hisoblanadi. Bu yerda eng baland tog'liklar va hozirgacha qaynab turgan vulqonlar mavjud. Kit'aning ichki qismidagi bepoyon tayga, tundra va tropik urmonlar, cheksiz dashti biyobon va preriylar, katta-kichik ko'llar va daryolar inson uchun zarur mahsulotlar yetkazib beradi. MARKAZIY AMERIKA XALQLARI Amerika qit'asining AQSH bilan Meksika chegarasidan janubiy qismini odatda Lotin Amerikasi deb ataydilar. Ba'zan etnogeografik jihatdan Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiya maxsus rayoni qilib ajratilgan va unga Mezoamerika (O'rta yoki Markaziy Amerika) deb nom berilgan. Bu yerda 30 ta mustaqil davlat va bir necha hozirgacha mustamlaka holatdagi mamlakatlar mavjud. Lotin Amerikasi 20,1 million km kvadrat maydonni egallagan. Latin Amerikasi aholisining etnik qiyofasi ham turlicha.Uzoq yillar davomida mahalliy tub aholi bilan kelgindi yevropaliklar va millionlab qul qilib keltirilgan afrikaliklar avlodlari aralashmasidan paydo bo'lgan hozirgi mamlakatlar aholisining o'ziga xos milliy madaniyat, mehnat va xalq ijodi an'analarini shakllantirgan. Regionning rang-barang tabiati, ularning xo'jalik tiplari madaniyat xususiyatlariga zo'r ta'sir o'tkazgan. Nixoyat zo'r tabiiy boyliklarga ega bo'lgan mazkur regionni jahonning xazinasi deb ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: ppt