Jahon xo'jaligi tarmoqlari geografiyasi 9-sing Geografiya darsligi asosida 16 § - mavzu Reja: Jahon xo'jaligi tarmoqlari Neft sanoati Gaz sanoati Ko'mir sanoati Elektroenergetika sanoati Umuman, xo'jalik tarmoqlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Sanoatda band ishchi-xizmatchilar soniga ko'ra Xitoy (64 mln. kishi),AQSH (26 mln. kishi) va Rossiya (20 mln. kishi) yetakchilik qiladi. Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko'ra uch guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga sanoatning eski tarmoqlari kiradi. Bularga toshko'mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, elektrovoz-teplovozsozlik, kemasozlik, to'qimachilik kiradi. Ikkinchi guruhga yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangli metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. Uchinchi guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqa tarmoqlardir. Neft sanoati yoqilg'i-energetika tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko'p qirrali energetika resursi, shu bilan birga, organik sintez kimyosining asosiy xom-ashyosi hamdir. Jahonda jami qazib chiqarilayotgan neftning 26% ga yaqini dengiz sayozliklaridan qazib chiqarilmoqda. Shu yo'l bilan neft qazib chiqarayotgan davlatlar soni 50 tadir. Gaz sanoatining jahon YEB dagi hissasi 22% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz yoqilg'i turlari orasida ekologik jihatdan eng tozasi hisoblanadi. Ko'mir sanoati jahon energetikasi tarkibida alohida ahamiyatga ega. Bu tarmoq 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo'lib, ko'proq rivojlangan mamlakatlarda katta salmoqga ega. Elektroenergetika sanoati elektroenergiyani ishlab chiqarish manbalariga ko'ra uch tarmoqqa bo'linadi. Bular issiqlik, gidro va atom elektroenergetika tarmoqlaridir. Issiqlik elektroenergetikasi (IEE) neft-gaz, ko'mir bemalolroq bo'lgan mamlakatlarda, ayniqsa, ustun rivojlangan. Bu tarmoq elektr stansiyalarining asosiy yoqilg'ilari Gidroelektroenergetika (GEE) sanoatining rivojlanish darajasi hududlarda turlicha kattalikda bo'ladigan gidroenergiya resurslarining qay darajada o'zlashtirilishiga bog'liq. Atom elektroenergetika (AEE) sanoati ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya salmog'iga ko'ra uchinchi tarmoqdir. Quyosh energiyasidan foydalanish ham juda katta istiqbollarga ega. Hozirgi vaqtda quyoshli kunlar ko'p bo'ladigan mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Yaponiya, Isroil, Kipr kabilarda quyosh (gelio) qurilmalaridan foydalanib, ko'plab uylar, issiqxonalar, ishxonalar isitilmoqda. Yana bir noan'anaviy energiya manbayi shamol quvvatidan foydalanishdir. Qadimdan inson turli ehtiyojlari yo'lida shamoldan foydalanib kelgan. Masalan, yelkanli dengiz kemachiligi, shamol tegirmonlari va boshqalar. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: pptx