Jahon xo'jaligining rivojlanishi 9-sing Geografiya darsligi asosida 13 § - mavzu Reja: Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni xalqaro geografik mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy integratsiya Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o'z ichiga oladi. Birinchi va eng uzoq davrni o'z ichiga olgan jahon xo'jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Jahon xo'jaligi iqtisodiy kategoriyadir, chunki uning to'g'risidagi tushuncha ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo'jalik aloqalarining baynalmilallashishi hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir. Jahon xo'jaligi geografik kategoriya bo'lib, u 3 yo'nalishda tadqiq etiladi: 1. Jahon xo'jaligining umumiy geografiyasi. 2. Uning tarmoqlari geografiyasi. 3. Yirik regionlar va subregionlar geografiyasi. Geografik mehnat taqsimoti - ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy shaklidir. Geografik mehnat taqsimoti miqyosiga ko'ra rayonlararo va xalqaro mehnat taqsimotiga bo'linadi. xalqaro geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarni ma'lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga, shular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashganligini anglatadi. XIX asrning 2- yarmida keng miqyosda temiryo'llarning barpo qilinishi va dengiz transportining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni bog'ladi hamda jahon savdosi va jahon xo'jaligining shakllanishini ta'minladi. Jahon xo'jaligi - bir-biri bilan umumjahon iqtisodiy munosabatlari orqali bog'langan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo'jaliklarining majmuyidir. xalqaro iqtisodiy integratsiya - ayrim mamlakatlar guruhlarining ular tomonidan kelishilgan davlatlararo siyosatni o'tkazishga asoslangan juda chuqur va barqaror o'zaro aloqalari rivojlanishining obyektiv jarayonidir. G'arbiy yarimsharda 1989-yilidan beri AQSH va Kanadada «Erkin savdo» haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko'rsatmoqda. 1980 -1981-yillarda Janubiy Amerikadagi 10 ta davlat ishtirokida Lotin Amerikasini Integratsiyalashtirish Assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning asosiy maqsadi umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. Dunyoda sanoat taraqqiyoti yuz bergan XVII-XIX asrlargacha bo'lgan davrda iqtisodiyotning agrar turi hukmron edi. Keyinchalik sanoat turining ahamiyati osha bordi va bu jarayon hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Dunyo miqyosida iqtisodiy faol aholining salkam yarmi qishloq xo'jaligida band ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat bilan band aholining deyarli 60% i qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.26 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.26 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: pptx