Jahonning siyosiy xaritasi

Jahonning siyosiy xaritasi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahonning siyosiy xaritasi - rasmi

Material tavsifi

Jahonning siyosiy xaritasi 9-sing Geografiya darsligi asosida 2 § - mavzu Reja: Jahon siyosiy xaritasi global miqyosdagi bir necha siyosiy jarayonlar ta'sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 227 mamlakat mavjud bo'lib, ularning 149 tasi Respublika, 45 tasi monarxiya, 9 tasi mustamlaka, 21 tasi boshqa (masalan, «hamdo'stlik» tarkibidagi mamlakatlardan tashkil topgan. Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo'yicha guruhlash «Jahon Banki Atlasi» metodikasi doirasida amalga oshirilgan. Unga binoan jahon mamlakatlari aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi milliy daromadiga ko'ra 4 ta guruhga taqsimlangan: 1. Past daromadli - 935 AQSH dollaridan kam; 2. O'rtacha daromadli - 936 - 3705 AQSH dollari doirasida o'zgaruvchi mamlakatlar guruhi; 3. Daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori, ya'ni 3706 dollardan 11455 dollargacha bo'lgan doirada o'zgaruvchi mamlakatlar guruhi; 4. Yuqori daromadli mamlakatlar, ularda aholi jon boshiga 11456 AQSH dollaridan ortiq milliy daromad to'g'ri keladi (World Development Report, 2009). Ana shu metodik yondashuvdan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlari yuqori daromadlidan past daromadliga qarab 4 ta guruhga bo'lingan. Birinchi (yuqori daromadli) guruhga 62 mayda, kichik, katta va yirik mamlakatlar kiradi. Ikkinchi guruhni milliy daromadi aholi jon boshiga 3706 dollardan 11455 dollargacha o'zgaruvchi mamlakatlar (umumiy soni 41 ta) tashkil etadi. Uchinchi guruh Xitoy, Indoneziya, Filippin, Armeniya, Ozarbayjon, Ukraina, Kiribati, Vanuatu, Sharqiy Timor va boshqa shu kabi mamlakatlardan iborat. To'rtinchi guruhga Kambodja, KXDR, LXDR, Myanma, Vyetnam bilan birga Qirg'iziston, Tojikiston, Yaman kabi mamlakatlar kiritilgan. Jahon mamlakatlari iqtisodiy ko'rsatkichdan tashqari demografik, geografik, geosiyosiy va boshqa turdagi salohiyatiga binoan ham ayrim guruhlarga ajratiladi. Rossiyani «Sakkizinchi davlat» sifatida mazkur guruhga qabul qilinishida, dastavval, uning iqtisodiy salohiyati, geosiyosiy mavqeyi va ulkan harbiy qudrati hisobga olindi. «Sakkizlik davlatlari»ning o'rtacha har biriga salkam 5 mln. km2 maydon, qariyb 110 mln. aholi, 4,4 trln. dollar YIM hamda 1,5 trln. dollarga teng Tovar aylanmasi to'g'ri keladi. Eng muhimi, ushbu davlatlarda jahon YIM ning 55,5% I jamlangan. Rivojlangan mamlakatlar ichida ko'chirilgan kapitalizm mamlakatlarini (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va b.) hamda yangi sanoatlashgan mamlakatlar (Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan va b.)ni ham ajratish mumkin. Undan tashqari, asosan, birinchi va ikkinchi guruhlarga mansub «neft eksport qiluvchi davlatlar», ikkinchi-to'rtinchi guruhlarga mansub o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar ham alohida e'tiborga loyiq. Katta va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar - Xitoy, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Meksika jahonning tayanch mamlakatlari guruhini tashkil etadi. NATO mamlakatlari tomonidan «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturining qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi siyosiy vositalar yordamida ko'plab mintaqaviy mojarolarni ijobiy hal qilishga imkon berdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.01 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga