Jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri

Jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri 9-sing Geografiya darsligi asosida 5 § - mavzu Tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurs Yoqilg'i mineral resurslarining konlari Tabiiy mineral resurslar Suv - hayot manbayidir Reja: Tabiatda minerallar holida uchraydigan tabiiy boyliklar mineral resurslar (boyliklar) deyiladi. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning 200 dan ortiq turlaridan xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda. Amalda mineral resurslar tarkibida D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida bor bo'lgan elementlarning deyarli barchasi mavjud va ular yer qa'rida foydali qazilmalar holida yotadi. Tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadigan yer osti qazilma boyliklaridan foydalanish hajmi ham yildan yilga oshib bormoqda. Bular ko'mir, neft, tabiiy gaz, qora va rangli metall rudalari, tog'-kimyo xomashyolari, qurilish materiallaridir. Ko'mir Neft, tabiiy gaz Qora va rangli metall rudalari Mineral yoqilg'i geologik zaxiralarining umumiy prognozi 12,5 trln. Tonnadan oshadi. Ushbu zaxiralar hozirgi vaqtda qazib olinishini hisobga olganda 100 yilga yetishi kerak. Jahon bo'yicha 600 dan ortiq neft va gaz havzalari aniqlangan. Hozirgi vaqtda ularning 500 ga yaqinidan neft va gaz qazib chiqarilmoqda, ishga solingan barcha konlarning umumiy soni esa 35 mingdan ortadi. Orol dengizining deyarli qurib qolishi natijasida tezlashayotgan cho'llashish jarayoni tufayli Qizilqum va Qoraqum cho'llari tobora kengayib, ular orasida yangi cho'l - Orolqum yuzaga kelmoqda. Suv - hayot manbayidir. Yer sharidagi mavjud suvning asosiy qismi Dunyo okeani va dengizlarida to'plangan. Aholi va barcha ishlab chiqarish tarmoqlari, asosan, toza chuchuk suvni iste'mol qiladi. Insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manba daryolar bo'lib, ulardagi suvning umumiy miqdori atigi 47 ming km3 dir. Jahonda chuchuk suvdan foydalanish hajmi 1950-yilda 1100 km3, 1980 - 1990-yillarda 3300 km3 dan 4100 km3 ga, 200-yilda 4780 km3 ga yetdi, 2012-yilda esa 5500 km3dan oshib ketdi. Hozir jahonda qurilgan suv omborlarining soni 40 mingdan oshib ketdi. Yirik suv omborlarining ko'pligiga ko'ra AQSH va Rossiya alohida ajralib turadi. Dengiz suvini chuchitish texnologiyasini kengroq qo'llash ham jahon chuchuk suv resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Ko'pgina chuchuk suvli daryolar va ko'llar ifloslanib borayotganligi sababli toza ichimlik suvining yetishmasligi tobora ko'zga tashlanmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga