Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri

Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri Reja: Jamiyat va tabiyatning o'zaro ta'sirining asosiy bosqichlari Muhandislik inshootlari va ularning turlari. Ekologik muvozanat va uning buzilishi. 1 Jamiyat va tabiyatning o'zaro ta'sirining asosiy bosqichlari. Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo'lgan munosabati doimo o'zgarib,murakkablashib borgan. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirni 5 bosqichga bo'lish mumkin: 1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi Bundan 300 yil avval boshlanib bu davrda inson termasshilik,baliqchilik va ovchilik bilaan shug'ullangan,ibtidoiy odamni iqlimi qulay,biologic resurslarga boy joylar ko'p qiziqtirgan.Bu bosqichda insson tabiatni o'zgartirmagan,balki unga moslashgan. 2. Qishloq xo'jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6-8ming yil avval sodir bo'lib,bu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o'tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz o'zgarishi ro'y bera boshlagan. 3.O'rta asrlar bosqichi Bu davrda insonning tabiatga ta'siri kuchaya boshladi,xo'jalikda tabiiy boyliklar keng qo'llanila boshlandi,dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan,lekin qo'l kuchiga asoslanganligi uchun tabiatga ta'sir yetmagan 4.Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro'y berdi. Jamiyatning tabiatga ta'siri kuchaydi. Tabiy landshftlar tez sur'atlarda o'zgara boshlandi. Ispaniya. Portugaliya. Angliya, Fransiya davlatlari tomonidan ulkan mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta'siri ham orta boshladi. 5.Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanish munosabati bolan tabiiy resurslar juda katta miqyosda o'zlashtrila boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo'jaligi maqsadida o'zlashtrildi, ulkan zavodlar qurildi, cho'llar, shimoliy hududlar, tog'lar hamda Dunyo okeani o'zlashtrildi va ekologik muvozanat buzila boshladi. Natijada umumsayoraviy ekologik muammolar vujudga keldi. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sir asosan,muhandislik inshootlari va ularning ish faoliyati orqali ro'y beradi. Xar qanday jamiyatda ham xo'jalikni rivojlantirish va jamiyat a'zolarining talablarini qondirish maqsadida uy-joy,yo'l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar quriladi. 2. Muhanslik inshootlari va ularning turlari. Ma'lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshootlari deyiladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: 1.Shaharsozlik inshootlari(ma'mur iy binolar,uy-joy,communal xo'jalik,maishiy xizmat va sog'liqni saqlash,maorif va moliya binolari kiradi) 2. Sanoat inshootlari (barcha sanoat inshootlari kiradi) Bular quyidagi guruhga bo'linadi: -tog'-kon sanoati(karyer, shaxtalar,tashlamalar,ma'muriy binolar,boyitish fabrikalari,kombinatlar) -metallurgiya sanoati (qora va rangli metallurgiya zavodlari) -kimyo sanoati (mineral o'git,kislota,sun'iy tola ich zavodlari) -yoqilg'i-energetika sanoati (neft va gazni qayta ishlash zavodlari,IESlar va IEM binolari) -mashinasozlik sanoati (podshipnik,satanoqsozlik,avtomobilsozlik,samolyotsozlik,teplovozsozlik,vagonsozlik zavodlari) -yengil sanoat (to'qimachilik,tikuvchilik,poyabzal, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari) 3.Transport inshootlari (yo'llar, ko'priklar,tunnellar,vokzallar,aerodrome va portlar) 4 Suv inshootlari (to'g'onlar,suv omborlari,kanallar,kollektorlar) Ekologik muvozanat va uning buzilishi. Tabiat resurslari chegaralangan bo'lib undan oqilona va tejab foydalanish lozim,agar shu me'yordan ortiq foydalanilsa ularni qayta tiklanish qobiliyati susayib ekologik muvozanat buziladi.Tabiatda barcha komponent va komplekslar o'zaro muvozanatda bo'ladi, rivojlanadi.Chunki har bir tabiat mintaqasida o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.86 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.86 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga