Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy-geografik tavsifi 9-sing Geografiya darsligi asosida 52 § - mavzu Reja: 2 3 Janubi-g'arbiy Osiyo 1 Aholisi soni Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari Janubi-g'arbiy Osiyo mintaqasi tarkibiga Yaqin va O'rta Sharq hamda Kavkazortining 20 ta mamlakati kiradi. Davlatlar soniga ko'ra mintaqa Osiyodagi eng yirik subregiondir. Janubi-g'arbiy Osiyoning maydoni 7 mln. km2 ga teng bo'lib, aholisi esa 361 mln. (2013-yil iyul oyiga nisbatan) kishidan ortiq. Janubi-g'arbiy Osiyo hududi shimoliy va sharqiy tomonlarida materikka tutashgan, g'arbiy va janubiy tomonlarida esa katta masofada dengizlar bilan o'ralgan. Maydoni va aholisining ko'pligiga ko'ra Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq - yirik va Bahrayn, Kipr, Qatar kichik mamlakatlari hisoblanadi. Janubi-g'arbiy Osiyoning mineral resurslari - xrom (Turkiya), polimetall rudalari (Eron va Turkiya), fosforit va kaliy tuzlari (Isroil, Iordaniya) kabilarning anchagina zaxiralari bor. Xrom Kaliy tuzlari Polimetall rudalari Ammo mintaqaning asosiy boyligi neft va tabiiy gazdir. Fors qo'ltig'i mamlakatlarining yer bag'rida jahon neft zaxiralarining 23 qismi to'plangan. Neft zaxiralarining hajmi bo'yicha jahonning birinchi «beshligi»ni Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Iroq, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari tashkil qiladi. Mintaqa aholisi, asosan, tabiiy o'sish hisobiga ancha tez ko'paymoqda. Aholisi soniga ko'ra mintaqa mamlakatlari turlicha kattalikka ega Eron, Turkiya va Iroq mamlakatlarida mintaqa aholisining yarmidan ko'pi yashaydi. Janubi-g'arbiy Osiyoda aholining o'rtacha urbanizatsiya darajasi 70 % dan yuqori. Arabiston yarimoroli, Eron va Afg'onistonning tog'li cho'llarida millionlab kishilar hamon o'z chorva mollari izidan ko'chmanchilik qilishadi. Birlashgan Arab Amirliklarida har 5 yilga saylab qo'yiladigan federativ monarxiya - siyosiy boshqaruv tartibi mavjud ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
886.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
886.75 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: pptx