Janubi-g'arbiy Osiyo xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 53 § - mavzu Reja: 2 3 4 Janubi-g'arbiy Osiyo 1 Janubi-g'arbiy Osiyo sanoati Transport xizmati Qishloq xo'jaligi Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarining ko'pchiligi industrial-agrar iqtisodiyotga ega. Ammo mamlakatlar xo'jaliklarining rivojlanish darajasida anchagina farqlar ham mavjud. Sanoati Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarining asosiy undiruvchi sanoat tarmog'i, shubhasiz, neft qazib chiqarish va uni qayta ishlashdir. Ushbu mamlakatlarda 2012-yilda jami 1150 mln. tonnaga yaqin neft qazib olindi. Hozirgi vaqtda Fors qo'ltig'i mamlakatlarida jami 500 mln. t gacha neft qayta ishlanmoqda. Bu qazib chiqarilayotgan neftning 45 %i demakdir. Tabiiyki, qazib chiqarilgan neftning katta qismi xomashyo holatida eksportga, birinchi navbatda, G'arbiy Yevropa, Yaponiya va AQSH ga yuboriladi. BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Eron kabi mamlakatlarda yirik neftni qayta ishlash korxonalari ham tobora ko'plab qurila boshlandi. Fors qo'ltig'i mamlakatlarida neft va tabiiy gaz asosida issiqlik elektr energiyasi, neft kimyosi tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Mamlakatlarning yengil sanoatida to'qimachilik, ayniqsa, jun va charmdan tayyor ust-bosh kiyimlari va trikotaj ishlab chiqarishning o'rni katta. Qishloq xo'jaligi Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lgan dehqonchilik - Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti Respublikalarida, chorvachilik esa arab davlatlarida rivojlangan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo'lgan donli ekinlardan: bug'doy, arpa, makkajo'xori, sholi, tariq ko'proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg'onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy beruvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti Respublikalarida ekish ahamiyatli. Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo'l transporti, asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti Respublikalari uchun ahamiyatli. Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko'ra ko'p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo'linadi. Ko'p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g'arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti Respublikalaridan tashkil topgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.16 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.16 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: pptx