Janubi - G'arbiy Osiyoning umumiy ta'rifi

Janubi - G'arbiy Osiyoning umumiy ta'rifi

O'quvchilarga / Geografiya
Janubi - G'arbiy Osiyoning umumiy ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Janubi-G'arbiy Osiyoning umumiy ta'rifi Janubiy-G'arbiy Osiyo Yaqin va O'rta Sharqning katta qismini egallab, Kichik Osiyo yariorolini, Armaniston va Eron tog'ligini, Mesopotamiya pasttekisligini, Arabiston yarim- orolini, Kipr orolini, shuningdek Fors ko'rfazi va Qizil dengizdagi qator kichik orollrni o'z ichiga oladi.Janubi-G'arbiy Osiyoni egallagan mamlakatlarning umumiy maydoni 6,8mln.km² yoki butun Osiyoning 15% maydoni.Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlarida 280mln. kishi yashaydi. Bu mintaqaning geografik o'rni dunyoning uch qismi bir-biri bilan tutashgan joyda (Osiyo, Afrika, Yevropa), muhim havo yo'llari va dengiz yo'llari chorrahasida (Qora dengiz, Bosfor va Dardanell bo'g'zlari, Marmar dengizi,Egey dengizi, O'rta dengiz, Suvaysh kanali, Qizil dengiz, Bobil-Mandab bo'g'ozi), shuningdek bu yerda boy neft konlarining mavjudligi uning katta iqtisodiy va strategik ahamiyatini belgilaydi. Janubi-G'arbiy Osiyo yer sharidagi siyosiy jihatdan faol mintaqalardan biri hisoblanadi. Kishilik jamiyati rivojining hamma tarixiy pog'onalarida murakkab iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar, bu yerda buyuk imperiyalar va kichik davlatlarning bunyod bo'lishi va tarqalib ketishi harbiy g'alabalar va buzg'unchiliklar natijasidir. 1869-yilda Suvaysh kanalining qurilishi, boy neft va metall ruda konlarining ochilishi, qishloq xo'jalik xom ashyosi, mehnat resurslarining naqd arzon manbai - bularning hammasi mintaqaning iqtisodiy, siyosiy va harbiy-strategik ahamiyatini oshirdi, hamda imperialistlararo kurashning zo'rayib ketishiga, asosan Angliya, Fransiya, keyinchalik Germaniya va AQSH o'rtasida hududlarni bo'lib olishga va uning siyosiy xaritasini o'zgarishiga olib keldi. I Jahon urushidan so'ng Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlari uchun kurash boshlandi. Birinchilardan bo'lib mustaqillik uchun kurashda 1919-yil Afg'oniston g'alabaga erishdi. 1920-yil Eron suverentiteni qabul qildi, 1923-yil Turkiya Respublika deb e'lon qilindi. II Jahon urushi mintaqanig siyosiy xaritasiga katta o'zgarishlar olib keldi. Milliy ozodlik harakatlarining ko'tarilishi natijasida 1943-yil Suriya va Livan, 1946-yil Iordaniya siyosiy mustaqillikka erishdi. Keyinchalik monarxiya tuzumi Iroq va Yamanda ag'darib tashlandi. 1947-yil BMT Bosh Assombliyasi qaroriga binoan Buyuk Britaniya mustamlakasi bo'lgan Falastin ikki davlatga: yahudiylar davlati - Isroil va arab davlati - Falastinga ajratildi. Biroq 1948-yil imperialistlar va sianistlarning kelishmovchiligi natijasida BMT qaroriga xilof ravishda Isroil Falastin davlati va Yerusalim hududining katta qismini bosib oldi. Isroilning birinchi agressiyasi ketidan yana uchta arab davlatlariga qarshi bosqinchilik urushi bog'lanib ketdi. 1956-yilda u Misrga qarshi uch yoqlama agressiyaning qatnashchisi bo'ldi (Angliya va Fransiya bilan birgalikda). 1967-yilda Misrga qarashli butun Sinay yarim orolini va Suriyaga qarashli G'ulon tepaliklarini bosib oldi. 1973-yilda Misrga qarshi Isroilning to'rtinchi urushi bo'ldi. 1982-yildagi Isroil bilan bog'liq beshinchi Yaqin Sharq urushi Livanda tinch Livan va Falastin aholisining tinchini buzgan zo'ravonlik va qonli ko'rinishi bilan farq qildi. Falastinning 3 mln. dan ortiq arab aholisi o'z yeridan haydab chiqarildi, davlatchilik qonun huquqlaridan mahrum qilindi. BMT ning Isroil bosib olgan hududlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga