Janubi Sharqiy Osiyo davlatlari Bu regionga Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari hamda Malaya arxipelagida joylashgan 11ta davlat kiradi. Ular II-jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiyaning mustamlakasi bo'lgan. Mazkur davlatlar 1989- yilgacha o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan. Eng oxirida esa 2002 yil 20-may kuni Sharqiy Timor mustaqil deb e'lon qilindi. Region hududi 4,4 mln km2 bo'lib, yer shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallagan. Maydoniga ko'ra eng yirik davlatlari: Indoneziya (1,9 mln km2 ), boshqa davlatlarning birortasining maydoni 677 ming km2 dan (Myanma) katta emas. Maydoning kattaligiga ko'ra eng mittisi Singapur (0,6 ming yoki 620 km2 ) bo'lib, uning maydoni Moskva shahari maydonining 23 qismiga teng. Singapur maydonining uzunligi 42 km, eni 22 km. Singapurdan tashqari Bruney (600 km2 ), Sharqiy Timor (15 ming km2) kabi kichik davlatlar ham joylashgan. Indoneziya rspublikasi 13700 dan ortiq orollardan tashkil topgan. Iqtisodiy geografik o'rnining qklayligi avvalo regionning barcha mamlakatlarini (Laosdan tashqari) dengiz boyida joylashganligi; − region mamlakatlarining bir-biriga qo'shni joylashganligi − muhim dengiz yo'lari boyida joylashganligi Masalan Singapur ham Sharqiy, ham G'arbiy darvoza. Janubi-Sharqiy Osiyo iqlimiy jihatidan ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashganligi uchun yog'in-sochin mo'l. Shuning uchun o'simliklarga ayniqsa o'rmonlarga boy. Indoneziya va Filippin orollari birinchi darajali seysmik mintaqaga kirganligi uchun tez-tez kuchli zilzilalar bo'lib turadi (masalan, 2004 yil 26-dekabrdagi sunamida 300 ming odam o'ldi) va harakatdagi vulqonlar ko'p (Apo, Karakatau, Slamet, Kerinchi). Janubi-Sharqiy Osiyo foydali qazilmalarga boy. Ayniqsa, qalayi, neft-gaz, volfram, nikel, xrom kabilarga. Masalan: dunyoda xrom qazib olish boyicha Filippin 5-o'rinda, nikel qazib olish boyicha Indoneziya 5-o'rinda, Filippin 7-o'rinda, mis qazib olish boyicha Filippin 8-o'rinda turadi. Malakka yarim oroli yerning qalayi belbog'i nomini olgan bo'lib, bu yerda yer sharidagi eng yirik qalayi zapasi joylashgan. Bruney sultonligi OPEK ga a'zo, Indoneziya esa kuzatuvchi. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining boshqarilish shakli va davlat tuzumi xilma-xil. Masalan: Vetnam, Laos,Myanma, Indoneziya, Filippin, Singapur kabi davlatlar Respublika, Bruney, Malayziya, Kambodja, Tailand kabi davlatlar monarxiya shaklida boshqariladi. Myanma va Malayziya federativ davlat tuzilishiga ega. Aholisi. Janubi-Sharqiy Osiyoda 544 mln kishidan (2003y) ortiq aholi yashaydi. 2006-yilda 565 mln kishiga etdi. Tug'ilish koeffisienti 22 ‰, o'lim 7‰ . 1 ayolga 2,7 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 5 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 66-70 yosh. YAMD -3390 $. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari aholisi yer shari aholisining 8,5 % ini tashkil etadi. Aholisi soniga ko'ra Indoneziya (220 mln), Filippin (82 mln), Vetnam (81 mln), Tailand (63 mln) , Myanma (50 mln) kabi davlatlar etakchi (2003). ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: doc