Mundarija KIRISH. 1.Geografik joylashishi. 2.Gealogik tuzilishi va relefi. 3.Iqlimi. 4.Ichki suvlari. 5.Tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi. 6.Tabiiy geografik o'lkalari. a) Arabiston yarim oroli. b) Mesopotamiya tekisligi. v) Livantlar. 7. Tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish . Xulosa. Adabiyotlar: Janubiy-g'arbiy Osiyo Old Osiyo tog'liklariga janubdan Yevrosiyo kontinentining paydo bo'lishiga va tabiiy sharoitining butun kompleksiga ko'ra Yevrosiyoning boshqa qismlariga qaraganda qo'shni Afrikaga yaqinroq turadigan qismi tutashib turadi. Bu Arabiston yarim oroli bilan Mesopotamiyadir, ular ko'pincha umumiy nom bilan Janubi-G'arbiy Osiyo deb ataladi. Materikning bu qismi Yevrosiyoning qolgan qismiga Alp-Himolay burmali mintaqasi tog'lari ko'tarilganda ular chekkasida hosil bo'lgan Mesopotamiya bukilmasining neogenda to'lishi natijasida qo'shilgan. Janubi-G'arbiy Osiyo kelib chiqishi jihatidan Afrika platformasining bir qismi hisoblanadi. U Afrikadan neogento'rtlamchi davrda Qizil dengiz grabenining hosil bo'lishi bilan uzil-kesil ajralgan. Hosil bo'lishining umumiyligi, tropik mintaqada joylashganligi paleoiqlimiy sharoiti va hozirgi iqlimining o'xshashligi, organik dunyosining bir xilligi Arabiston yarim orolini. aslida Sahroi Kabirning davomiga aylantiradi. Janubi-G'arbiy Osiyoni uch tomondan Hind okeanining shimoli-g'arbiy qismidagi yosh dengizlari o'rab turadi. Bular yer po'sti yoriqlarida vujudga kelgan Qizil dengiz, Adan va Oman qo'ltiqlari, tog' oldi bukilmasida hosil bo'lgan Fors qo'ltig'i: hamda okean tipidagi tektonik botiqda paydo bo'lgan Arabiston dengizidir. Bu barcha dengizlarga qattiq qizigan kontinentlar, musson shamollari ta'sir ko'rsatadi va ular suvi temperaturasining yuqoriligi hamda yuqori darajada sho'rligi bilan ajralib turadi. Yuzadagi suvlar may oyidan avgust oyigacha eng iliq bo'ladi: Arabiston dengizida +29, +30°S, Qizil dengizda + 32°S gacha, Fors qo'ltig'ida + 35°S gacha etadi. Bu dunyo okeani yuzasida kuzatiladigan suvning eng yuqori temperaturasidir. Hind okeanining shimoli-g'arbiy qyasmida 800 m chuqurlikkacha +12°S temperatura saqlanadi. Quchli bug'lanish va quruqlikdan oqib keladigan suvning kamligi Hind okeani suvi sho'rligining yuqori bo'lishi uchun sharoit yaratadi. Arabiston dengizida suvning sho'rligi dara-jasi 36-36,5‰, Fors qo'ltig'ida 37-39‰, Qizil dengizda 41‰, bu Dunyo okeani suvidagi eng yuqori sho'rlikdir. Shunday qyyaibt-Janubi-G'arbiy Osiyo arid o'lka bo'lib, tropik cho'l va chala cho'l landshaftlari ustun turadi, o'lkani Dunyo okeanining eng iliq va eng sho'r suvlari o'rab olgan. ARABISTON YaRIM OROLI Dunyodagi eng katta Arabiston yarim oroli uchun tabiiy geografik bir butunlik va keng territoriyada landshaft juda bir xil ekanligi xosdir. Bu yerda Afrikadagi tropik cho'llarning davomi hisoblangan cho'llar ko'pchilikni tashkil etadi. Arabiston yarim orolining cho'l landshaftlari deyarli o'zgarmasda,n Sinay yarim orolida ham davom etadi. Maydoni 3 mln, ki dan ortiq bo'lgan bu juda katta tabiiy geografik o'lkada Saudiya Arabistoni va Fors, Adan qo'ltiqlari, Arabiston dengizi bo'ylaridagi bir qancha arab mamlakatlari hamda shimolda Suriya, Iroq va Iordaniya joylashgan. Butun o'lka tektonik jihatdan sharqqa ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.75 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.75 MB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: ppt