Janubiy Afrika Respublikasi Bu mamlakat afrika materigining chekka janubida joylashganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Maydoni 1,22 ming km2 . Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi: dengiz boyida joylashganligi, muhim dengiz yo'llari ustida joylashganligi. Janubiy Afrika Respublikasi iqlimiy jihatdan asosan tropik va qisman subtropik mintaqalarda joyldashgan. Mamlakat hududida Drakon, Kap tog'lari joylashgan. Asosiy daryosi OranjevaY. Janubiy Afrika Respublikasi quruqlik orqali Namibiya, Botsvana, Zimbabve, Mozambik, Svazilent davlatlari bilan chegaradosh. Lesoto davlati orol ko'rinishida to'liq Janubiy Afrika Respublikasini ichida joylashgan. Janubiy Afrika Respublikasi foydali qazilmalarga boy. Asosiy qazilma boyliklari: temir rudasi qazib olish boyicha dunyoda 9- o'rinda (yiliga 30 mln t. va ѕ qismini Evropaga eksport qiladi.). Marganes va xrom qazib olishda dunyoda 1- o'rinda; Nikel qazib olishda 6- o'rinda; Mis qazib olishda 10- o'rinda; Fosforit qazib olishda 6- o'rinda; Oltin qazib olishda 1- o'rinda (yiliga 630 t.) Ko'mir qazib olishda 8- o'rinda (yiliga 180 mln t. qazib oladi, Yevropa va Yaponiyaga eksport qiladi). Olmos, platina va uran qazib olishda 1- o'nlikka kiradi. Aholisi soni 44 mln kishi (2003 yil), 47,3 mln kishi (2006 yil) bo'lib, u demografik tanglikda. 2003 yil ma'lumoti boyicha Janubiy Afrika Respublikasida tug'ilish koeffisienti -23‰, o'lim 14‰. Agar aholining tabiiy ko'payishi shu xolatda ketsa, 2025 yil aholi soni 35 mln kishiga tushib qoladi. Chaqaloqlar o'limi 57‰. 1 ayolga 2,8 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar soni 34 %, 64 yoshdan o'tganlar 5% . o'rtacha umr 53-54. YAMD butun Afrika materigi boyicha o'rtacha 2120 $. Janubiy Afrika Respublikasida eng yuqori 10910 $ tashkil etadi. 15 yoshdan 49 yoshgacha bo'lgan aholining 20 % i VICH bilan zararlangan. Bu ko'rsatkich Afrika materigida 6,5 % ni, butun dunyoda esa 1,2 % ni tashkil etadi. Botsvanada eng yuqori 39 %. Aholdisining 45 qismini tub joy xalqlari (zumus, bantu, bur, kasa), 12 % ini oq tanlilar (ingliz, golland, fransuz), qolganini Osiyodan ko'chib kelganlar va mulatlar tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2 joyga 36 kishi. Urbanizasiya darajasi 45 % . Hayot darajasi o'rtacha. Millioner shaharlari yo'q, lekin millioner aglomerasiyalari mavjud: Yo'xannesburg, Keyptaun, Durban, PretoriY. Davlat tili afrikans va ingliz. Janubiy Afrika respublikasi siyosiy-ma'muriy jihatdan 9 ta provinsiyadan tashkil topgan. Federativ respublika. Kap xududini dastlab 1662 yil gollandlar bosib olgan, XIXasr boshida esa inglizlar bosib olgan. 1961-yildan boshlab Janubiy Afrika respublikasi mustaqil deb e'lon qilingan. Janubiy Afrika respublikasi 1915-92 yillar Namibiyani mustamlaka qilgan. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Millatchilar partiyasi (1948 yil). 2. Konservativ partiyasi (1982-yil) 3. Progressiv - federal partiyasi Davlat boshlig'i prezident, boshqaruv organi esa 3 palatali parlametdan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.07 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.07 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:43 ]
Arxiv ichida: doc