Janubiy Afrika xalqlari

Janubiy Afrika xalqlari

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Afrika xalqlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Janubiy Afrika xalqlari. Reja: Irqiy qiyofasi va tillari. Xo'jaligi, moddiy madaniyati. Ma'naviy madaniyati. JAR aholisi. Bostvana fuqarosi. Janubiy Afrika odami. Namibiya aholisi. Svazilend aholisi. Janubiy Afrikaning etnik qiyofasi, lingvistik tuzilishi va sotsial tuzumi turlicha ko'rinish kasb etgan. Tub aholi afrikaliklar mintaqaning 54 qismini tashkil qiladi (1980-yil 61 million), janubiy qismida afrikaliklarning ko'pchiligi bantu xalqlaridan (taxminan umumiy aholining 78 %i), qadimiy etnos hisoblangan bushmen va guttentotlar 0,5 %, kelgindi yevropaliklar metislar bilan 19 %, osiyoliklar 2 % nufuzga ega. Turli mahalliy etnoslar mintaqada Mozambik, Zimbabve, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Namibiya, Botsvana, Svazilend, Lesoto davlatlari, Madagaskar, Komor, Reyunon, Mavrikiy va Seyshel orollaridagi o'lkalar orasida tarqoq holda joylashgan. Mozambik aholisi. Svazilend aholisi. Madagaskar Respublikasining aholisi (1985-yil 10 mln.) o'zining etnik tuzilishi va turmushi bilan afrikaliklardan ajralib turadi. Tub aholi hisoblangan malagasiy (malgash)lar tashqi ko'rinishi, tili, moddiy va ma'naviy madaniyati hamda urf-odatlari bilan Janubi-sharqiy Osiyo xalqlariga yaqin turadi. Ammo ularning orasida ham mongoloid, ham negroid tiplari uchraydi. Tillari malayya-polineziya oilasiga kiradi. Madagaskar etnogenezi kam o'rganilgan. Aniq ma'lumotlarga qaraganda, bu yerga eramizdan avvalgi X-VI asrlarda Janubi-sharqiy Osiyo orollaridan mongoloidlar ko'chib kelgan. Seyshel orollari. Zimbabve bayrog'i. Svazilend uylari. Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qo'ra) shaklida qurilgan qishloqlar (kraal)da katta patriarxal oila bo'lib yashaganlar. Zulus va kosa xalqlarida ota urug'ining klassik namunasi so'nggi davrlargacha saqlangan bo'lib, katta oila jamiyatning iqtisodiy hujayrasi hisoblangan. Guttentotlarning uylari egilgan daraxt navdalaridan gumbaz shaklida qurilib, ularning usti terilar bilan qoplangan yoki loy bilan suvalgan kulbalardan iborat. Ularning ov qurollari metall uchli nayza, o'q-yoy, uzun cho'qmor («kirri») bo'lgan. Janubiy Afrika bantu xalqlarining uylari doira shaklida cho'qqaygan tomli qamish yoki somon bilan yopilgan, doira qilib tizilgan bo'lib mol qo'rasi vazifasini bajaradi. Tog'li joylarda uylar toshdan yoki guvaladan tiklanib ba'zan bezak berilgan. Janubiy Afrika pul birligi. Svazilend bayrog'i. Madagaskar orollari. Madagaskar uylari. Xalq ijodi, badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan. Janubiy Afrika bantulari chiroyli cho'zma usulda sopol buyumlar, o'yma nAQSHli yog'och idishlar, ho'kiz qo'shiladigan ayrishoxli yog'ochdan yasalgan chanalar, temir uchli nayza va boshqa qurollar ishlab chiqarganlar. Jo'shqin raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari, barcha tantana va marosimlarning eng muhim qismidir. Musiqa asboblari turli xilda, ammo katta-kichik nog'oralar («marimbo», «ngoma») doimo jo'r bo'lgan, yog'och, shox yoki qamishdan yasalgan surnay va naylar, kamonchali asboblar Mozambik pul birligi. JAR tabiati. Bostvana baliqchilari. Komor orollari gerbi. Komor orollari. Madagaskar dehqonlari. Namibiya tabiati. Jahonda Namibiya qorako'1 terisi ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln.dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorako'1 qo'ylari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.02 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga