Janubiy Afrika

Janubiy Afrika

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Afrika - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Afrika Materikning suvayirg'ich platolaridan janubda, Kongo va Zambezi daryolari havzalari orasida joylashgan hamda Atlantika va Hind okeanlari bilan o'ralib turgan janubiy qismi relefida yassi tog'liklarning ko'pligi, iqlimning ancha quruqligi, shuningdek, tropik zonal landshaftlar shimoldan janubga nisbatan sharqdan g'arbga tomon ko'proq o'zgarib borishi bilan ajralib turadi. Materik janubiy qismining deyarli hammasini Janubiy Afrika yassi tog'ligi tabiiy geografik o'lkasya egallagan. Janubi-g'arbdan unga Karr o'lkasi yondoshgan. Janubiy Afrika qirg'oqlari yaqinidagi katta Madagaskar oroli alohida tabiiy geografik o'lkani tashkil etadi. JANUBIY AFRIKA YaSSI TOG'LIGI Janubiy Afrika yassi tog'ligi tokambriy platformasida joylashgan bo'lib, uning qadimgi kristalli fundamenti gorizontal yotgan kontinental yotqiziqlar bilan qoplangan. Yassi tog'likning taxminan o'rtasidan Janubiy tropik kesib o'tadi. Janubiy Afrika yassi tog'ligi relefi va strukturasida ichki sineklizalar va arxey-proterozoy fundamentining shu sineklizalarni o'rab turgan ko'tarilmalari sistemasi ajralib turadi. Allyuvial yotqiziqlar bilan to'lgan baland akkumulyativ tekisliklar sineklizalarga to'g'ri keladi. Bu tekisliklardan bazilari botqoqlangan. Shimolda yuqori Zambezi kotlovinasi, janubroqda bu daryo irmog'i Okovango daryosniyang materikdagi keng deltasi bilan band bo'lgan va davriy ravishda suv bosib turadigan Makarikari kotlovinasi, janubroqda Kalaxari kotlovinasi bilan band. Fundamentning ichki qismini o'rab turgan ko'tarilmalar tsokol platolar va qirlar sistemasini hosyal qilgan. Bular atrofga tomon ko'tarila borib, balandligi 1200-2500 m ga etadi va undan ham oshadi. Bularning relefida tekis peneplen yuzalar asosiy o'rin tutadi. U erlarda orol kabi tog'lar cho'qqayib turadi. O'lkaning.sharqi va jayaubi ayniqsa serbar. Limpopo daryosidan shimolda Matabele platosi, janubda Baland Veld va Yuqori Karru platolari ajralib turadi. G'arbda platolar polosasi bir oz ensiz bo'la boradi, u yerda Kaokofeld, Damara, Namakva va boshqa platolar ko'tarilib turadi. Shimolda platolar halqasi Zambezi bilan Kongo oralig'ida suvayirg'ich bo'lib xizmat qiladigan qirlar bilan tutashadi. G'arb va shimoli-sharqda Janubiy Afrikaning baland platolari tokambriy kristalli jinslaridan tuzilgan; janubi-sharq va janubda kristalli fuldament cho'kkan va perm-trias yoshidagi qalin (qalinligi bir necha ming metr) laguna cho'kindilari bilan qoplangan. Bu qatlam karru formatsiyasi deb ataladi. Ana shu jinslarni bazi bir joylarda paleozoy oxiri va mezozoy boshlarida lavalar yorib chiqib, ayrim massivlar hosil qilgan (masalan, janubi-sharqda balandligi 300 m gacha bo'lgan Bayuuto massivi). Baland platolar ichki qismlardsh chekka tomonga asta-sekin ko'tarila borib, sharq, janub va g'arbda tik tushadigan Buyuk Jarlik bilan tugaydi. Uning tashqi yonbag'irlari eroziya natijasida chuqur o'yilgan. Jarliknint eng baland qismi Drakon tog'laridir. Bu tog'larning Katkin-Pik cho'qqisi (3657 m) Janubiy Afrikadagi eng baland cho'qqidir. Zambezi va Limpopo daryolarining quyi oqimi oralig'ida Buyuk Jarlik etagida laguna sohilli keng Mozambik tekisligi joylashgan. Bu tekislik faqat antropogen davridagina suvdan bo'shagan va qalin cho'kindi jinslar bilan qoplangan. Buyuk Jarlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.31 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.31 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga