Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari

Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari Reja: 1. L'yanos-Orinoko. 2. Gviana tog'ligi 3. Amazoniya. 4. Braziliya yassi tog'ligi. 5. Ichki teksiliklar. 6. Kordilyera oldi. 7. Shimoliy And. 8. Markaziy And. 9. Subtropik And va Patagoniya And tog'lari. L'yanos Orinoko. Orinoko daryosining so'l qirg'og'i bo'ylab ketgan va And tog'lari, Gviana tog'ligi hamda Guavpyare daryosi orasida joylashgan tekislikdan iborat hudud L'yanos-Orinoko deyiladi. L'yanosning subekvatorial geografik kengliklarda joylashganligi yozgi nam ekvatorial havoning qishki quruq tropik havo bilan almashinishi, savanna tipidagi o'simliklar hamda qizil tuproqlarning keng tarqalganligi, butun tabiat rivojlanish ritmidagi mavsumiylikni belgilab beruvchi omildir. L'yanos-Orinoko janubi g'arbidan shimoli- sharqqa tomon taxminan 100 km ga cho'zilgan. Tabiyki, bunday masofada davom etgan hudud landshaftning boshqa komponentlarida ham tafovut bo'ladi. Yuqori L'yanosda qurg'oqchil fasl yanada keskin va uzoq davom etadi, yomg'irli davr esa qisqaradi. L'yanosni sharqdan Orinoko daryosi o'rab turadi. Orinoko Janubiy Amerikaning uzunligiga ko'ra (2500 km) to'rtinchi, xavzasi maydoniga ko'ra uchinchi (1 mln. km.kv. ga yaqin) o'rinda turadigan daryosi hisoblanadi va suvi yomg'irgarlik davrida birdan ko'payib, qurg'oqchil davrida keskin kamaib ketadigan subekvatorial daryolar tipiga kiradi. Orinokoning bosh irmoqlari Syerra Parima yon bag'rilarida vujudga keladi. Gviana tog'ligi - Janubiy Amerika platformasining shimoliy anteklizasi L'yanos-Orinoko bilan Amazoniya oralig'idagi cho'kmada Gviana tog'ligi Atlantika okeani tomondan yil bo'yi, ayniqsa qish va bahorda ko'prok esadigan passatlar keltiradigan namni o'zida tutib koladi; yozda esa bu yerga ekvatorial havo masalari kirib keladi. Issiq va nam iqlim sharoitida ro'y bergan nurash va yuvilish jarayonlari mezozoy qumtoshli qoplamlarni yemirib, kristall fundament peneplenini g'oyat murrakab sertepa tog'likka aylantirgan: bu tog'lik ko'pdan- ko'p uzilmalar taosirida bo'linib - bo'linib ketgan va eng so'ngi tektonik harakatlar natijasida ko'tarilgan. Daryolar cho'kindi jinslar qatlamida o'zan hosil qilgan bo'lib, qattiq jinslarni chuqur o'yib tusha olmagan va shu sababli sharsharalar hamda ostona toshlarning g'oyat ko'pligi bilan ajralib turadi. Tog'likning ko'p qismi subekvatorial musson o'rmonlari zonasida joylashgan; tuproq - o'simlik qoplamining taqsimlanishiga yonbag'irlar ekspozitsiyasi va litologiyasining roli juda kattadir. Tog'likning markaziy qismi okeandan uzoqda va birmuncha yuqori geografik kenglikda joylashgan. bu yerda qumloq qoplamlar koldigiq juda yaxshi saqlanib qolgan, qurg'oqchil va namgarchil davrlar birmuncha yaxshi rivojlangan, landshaftlarning ekspozitsiyaga bog'liq ekanligini yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Tog'likning janubiy chekkasi g'oyat o'ziga xosdir: bu yerda kristalli negiz ustida joylashgan va eroziya taosiridan omon kolgan qum toshlar keng tarqalgan. Ular bo'ylamasiga davom etgan tik devorli tepasi yassi gryadalar satxidan 2200 - 2300 metr janubiy tik yon bag'ri 1500 m bo'lgan Syerra Pakaraima tog' tizmasi (yoki Syerra - Parima tog' tizmasi) yoki tog'likning eng yuksak qismidagi Rorayma (2771 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.21 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.21 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga