Janubiy Amerika tabiat zonalari

Janubiy Amerika tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Amerika tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Amerika tabiat zonalari Shimoliy Amerika tropik va subekvatorial mintaqalarda kambar ekanligi va parchalanganligi sababli tropik mintaqa cho'llari, tropik o'rmonlar va savannalar bu erlarda keng. polosa hosil qilmay, aksincha, Markaziy Amerikaning uncha katta bo'lmagan qismlarida bo'linib-bo'linib joylashgan. Grenlandiyaning katta qismi, Elsmir orolining markaziy qismi va Baffin orolining ayrim rayonlari materik muzlari bilan qoplangan, shuning uchun ularning tuproq va o'simliklari ham yo'q. Arktika arxipelagining katta qismi, Grenlandiyaning Muz bilan qoplanmagan chekka qismlari va materikning shimolini (unga Shimoliy Alyaska, Gudzon qo'ltig'ining sohili, Labrador bilan Nyufaundlendning shimoliy qismi kiradi) tundra egallagan. Sharqda tundra 55-54° sh. k. gacha yoyilgan. Bu Labrador oqimining ta'siri va materik shimoli-sharqiy qismi iqlimining qahraton sovuqligi hamda sernamligi bilan bog'liqdir. Shimoliy Amerika tundralari tuproq va o'simliklar turiga ko'ra Yevrosiyo tundralaridan kam farq qiladi. Shimoliy qismida mox-lishaynik o'simliklari va poligonal tuproqlar bilan qoplangan arktik tundra ustun turadi. Materikning janubiy qismi uchun qiyoq va boshoqli o'simliklardan iborat o't qoplami-hamda tundra-gleyli tuproqlariga xos past bo'yli daraxtlar: qayin: (Betula gtandulosa), tol, zirk, chirmashib o'suvchi erika xarakterlidir. Shuningdek, torfli botqoqliklar ham ko'p. Gudzon qo'ltig'idan g'arbda o'rmon-tundra polosasining eng keng joyi kuzatiladi. Unda materik o'rmonlarining shimoliy chegarasini hosil qiluvchi daraxtlardan qora va oq el (Picea marlana va R. glauca) hamda tilog'och (Larix laricina) o'sadi. AlyAsqada tekislik tundrasi Skandinaviya yarim orolidagi kabi tog'lar yonbag'rida bevosita goletslar (tog' yalangliklari o'simliklari) va tog' tundrasi bilan almashinadi. Shimoliy Amerikaning juda katta maydonlari podzol tuproqlarda rivojlanuvchi mo'tadil mintaqa ninabargli o'rmonlar bilan qoplangan. Ular Tinch okean sohillarini taxminan 61° sh. k. dan to 42° sh. k. gacha egallab, so'ngra Kordilera tog'lari yonbag'irlarining pastki qismlarida davom etadi va ulardan sharqda tekislikka chiqadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.09 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.09 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga