Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining xo'jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari 9-sing Geografiya darsligi asosida 66 § - mavzu Reja: Qayta ishlovchi sanoat Kimyo va neft-kimyo sanoati Qishloq xo'jaligi Transport Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining xo'jaligi o'rtacha rivojlanish darajasiga ko'ra Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan sezilarli ustunlikka egadir. Sanoatning barcha tarmoqlari mavjud. Tog'-kon sanoati Venesuela (neft), Chili (mis, fosforitlar), Braziliya (temir rudasi, olmos, oltin), va boshqalar mavjud Qayta ishlovchi sanoatdan qora metallurgiya (Braziliya), rangli metallurgiya Braziliya, Chili, Yamayka va Surinam davlatlarida rivojlangan. Elektroenergetika Braziliya, Argentina, Chili, Venesuela, Surinam va boshqa qator mamlakatlarda mavjud. Kimyo va neft-kimyo sanoati Braziliya va Venesuelada, yog'ochni qayta ishlash Braziliyada tovar ahamiyatiga ega. Mintaqadagi barcha mamlakatlarda yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining korxonalari faoliyat yuritadi. Qishloq xo'jaligi mintaqa hududi bo'ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo'jalik mahsulotining 13 qismi chorvachilikda yetishtirib beriladi. Qoramolchilik, qo'ychilik, parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengizbo'yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliyada baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argentina, Braziliya), shakarqamish, kofe, banan yetishtirish ahamiyatiga ega Transport Janubiy Amerika mamlakatlarining aksariyatida ancha sust rivojlangan. Quruqlikda harakatlanuvchi asosiy transport tarmog'i avtomobildir. Temiryo'l transporti ancha sust rivojlangan. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishiga ancha to'sqinlik qiladi. Sanoatida tog'-kon, neft-kimyo, metallsozlik, aholi iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari ancha ahamiyatli. Okeanbo'yi hududlarida dengiz baliqchiligi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Peru va Chili jahondagi eng yirik baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga kiradi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.76 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.76 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: pptx