Janubiy Amerika. Geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi

Janubiy Amerika. Geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Amerika. Geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 38-mavzu: JANUBIY AMERIKA Geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi Asosiy xususiyatlari. Dunyodagi eng uzun va eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti odamxo'r balig'i, eng uzun tog'i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko'li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o'rmonlari - sayyoramiz o'pkasi bor. Eng sernam materik. Geografik o'rni. Janubiy Amerika to'liq G'arbiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o'tadi. Shimoldan janubga 7 00 km, g'arbdan sharqqa 5 00 km cho'zilgan. U Amerika qit'asining bir bo'lagi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama kanali orqali o'tkaziladi. Materikni shimolda Karib dengizi, g'arbda Tinch okean, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi. O'rganilish tarixi. Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. X. Kolumbgacha, ya'ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o'zining Hindiston asarida Amerika quruqligining mavjudligini X. Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan. X. Kolumb Yer shar shaklida degan g'oyaga asoslanib, Hindistonga g'arbdan yaqin dengiz yo'li bilan borish uchun safarga chiqadi. U 1492- yilning 12- oktabr kuni San-Salvador (ispancha xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini boshlab bergan X. Kolumb o'zining to'rt marta Amerikaga qilgan safarlari chog'ida ham o'zi borgan yerlarini Hindiston deb o'ylagan. Amerigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida xizmat qilgan) 1499 - 1504- yillardagi Janubiy Amerikaga uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo'lib bu yerlar Hindiston emas, balki yirik quruqlik - Yangi Dunyo ekanligini aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507- yildan boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi. Janubiy Amerikani ilmiy jihatdan o'rganishda nemis sayyohi A. Gumboldt va fransuz botanigi E. Bonplanning xizmatlari katta bo'ldi. Materikning tabiati va aholisi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni rossiyalik olimlardan G. I. Langsdorf, N. G. Rubsov, A. I. Voyeykov, N. I. Vavilovlar to'pladilar. Geologik tuzilishi. Qadimda Janubiy Amerika yirik Gondvana quruqligi tarkibida bo'lgan. Keyingi geologik davrlarda mustaqil materikka ajralgan. Tektonik harakatlar ta'sirida Janubiy Amerika platformasining cho'kkan joylarida botiqlar (Amazonka, Orinoko, LaPlata) va ko'tarilgan qismlarida yassitog'liklar (Gviana, Braziliya) tarkib topgan. Yassitog'liklarda lava - vulqon yotqiziqlari ko'p uchraydi. Alp tog' burmalanishida yosh And tog' tizmalari shakllangan. Bu yerlarda harakatdagi vulqonlar, kuchli zilzilalar bo'lib turadi. Shu xususiyatiga ko'ra sohil zonasi Òinch okean olovli halqasiga kiritilgan. Foydali qazilmalari. Materikda rudali va noruda qazilma boyliklar ko'p tarqalgan. And tog'larining magmatik va metamorfik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.64 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.64 MB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga