Janubiy Amerika. Shakllanish tarixi. relyefi va foydali qazilmalari

Janubiy Amerika. Shakllanish tarixi. relyefi va foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Amerika. Shakllanish tarixi. relyefi va foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Amerika: shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari Reja: 1. Materikning geografik o'rni. 2. Materikning kelib chiqishi. 3. Relefining asosiy xususiyatlari. 4. Foydali qazilmalari. Janubiy Amerika boshqa materiklardan deyarli butunlay alohida joylashgan; faqat kambar Panama bo'ynigina shimoli - g'arbga qo'shilib, Markazi va Shimoliy Amerikani tutashtirib turuvchi ko'prik hosil qiladi. Bepoyon okean suvlari Janubiy Amerikani boshqa materiklardan (kamida bo'r davridan boshlab) ajratib turadi; Panama bo'yni esa pliotsenda to'la shakllangan. Janubiy Amerika materigining boshqa materiklardan ayrim joylashganligi tabiatining rivojlanish xarakteri, ayiqsa, endemiklarga juda boy flora va faunasiga katta taosir ko'rsatgan. Janubiy Amerikaning maydoni atrofidagi orollar (Folklend, Galapagos, Chili arxipelagi va boshqalar) ni ham qo'shib hisoblaganda salkam 18 mln.km. Materikning uzunligi 7150 km va eni 5150 km. Maydonning kattaligiga, materik qiyofasiga (shimolda kengayib, janubda torayadi) va relefga ko'ra Janubiy Amerika Shimoliy Amerikaga o'xshaydi. Shimoliy Amerikaning ham g'arbiy chekkasi bo'ylab Kordilera tog'lari sistemasi cho'zilgan bo'lib, u xar ikkala materikning ham sharqiy qismini Tinch okean taosiridan to'sib turadi. Materikaning shimoliy chekka nuqtasi Galpinas burni 120 25' sh.k. Janubiy cheka nuqtasi Frouerd burni 530 54' j.k., g'arbiy cheka nuqtasi Kaabu Branku burni 340 46' g'.u., sharqiy chekka nuqtasi Parinpyas burni 810 20' g'.u. Janubiy Amerikaning And tog'lari deb yuritiladigan Kordilera tog'lari Shimoliy Amerika Kordilerasiga nisbatan uzunroq va balandroqdir. And tog'lari 900 km cho'zilgan bo'lib, Yer sharidagi eng uzun tog' sistemasi hisoblanadi. And tog'lari balandligiga ko'ra Osiyodagi eng yuksak tog'lardangina keyinda turadi, Akonkagua tog'ining balandligi 6960 m, materikning o'rtacha balandligi 580 m dir. Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy qismlari juda katta past tekisliklar hamda o'rtacha balandlikdagi yassi tog'liklar va tog'lardan iborat, bu erlarda Atlantika okeani taosir etib turadi, sharqiy qismlari tekislik xarakterida bo'lib, orografik to'siqlarning yo'qligi kontinental tipdagi landshaftlarning (masalan, Osiyoga qiyos qilganda) kam tarqalishiga olib kelgan. Janubiy Amerika platformasining eng qadimgi yadrolari arxey erasida paydo bo'lgan. Bu qadimiy burmali negizning (baozi komplekslarning yoshini 2,5 mld. yil deb hisoblaydilar) ko'tarilib qolgan joylarni hozirgi vaqtda uchta yirik qalqon: Gviana qalqoni, Markaziy (yoki G'arbiy) Braziliya qalqoni va aftidan, birmuncha yosh Sharqiy Braziliya (Atlantika bo'yi) proterozoy qalqoni vujudga keltirgan. Paleozoyning boshidan Janubiy Amerika platformasi Afrika palaxsasi bilan qo'shilgan, g'arbda esa hozirgi And tog' tizmalariga qadar etib borgan. Bu vaqtda esa hozirgi And tog' tizmalari o'rnida Markaziy va Shimoliy Amerika Kordileralari geosinklinalining davomi bo'lgan juda katta And geosinklinalp oblasti mavjud bo'lgan. And oblastidagi orogenik harakatlar natijasida platformaning g'arbiy chekkasida palaxsasimon ko'tarilishlar ro'y bergan va Argentinaning shimoli-g'arbidagi Pampa Serrasi tog'lari vujudga kelgan. Platformaning janubiy chekka qismi Buenos Ayresdan janubrokdagi Serra-delp-Tandilp massivida ko'tarilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.23 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.23 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga