6-sinf geografiya darsligi asosida 41-mavzu: Janubiy Amerika relyefidagi tafovutlariga ko'ra ikkita yirik tabiiy geografik o'lkaga ajratilgan - Tog'li G'arb va Tekislikli Sharq. O'lkalar tabiiy xususiyatlariga qarab bir necha kichikroq tabiat komplekslariga bo'linadi. Tog'li hududida Shimoliy, Markaziy va Janubiy And, tekislikda esa Lyanos - Orinoko, Amazoniya, Gviana va Braziliya yassi tog'lari, Patagoniya kabi kichik tabiiy geografik o'lkalarni ajratish mumkin. Ayrim tabiat komplekslariga qisqacha tavsif beramiz. Amazoniya pasttekisligi materikning eng katta botqoqlashgan hududidir. U Gviana va Braziliya yassi tog'liklari oralig'ida joylashgan. Amazoniya issiq va nam iqlimli o'lka hisoblanadi. Yil bo'yi harorat +24 °C, +27 °C atrofida bo'ladi. Yog'ingarchilik 1 500 - 300 mm ni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari nihoyatda zich joylashgan. Bu daryolar qor, muz, yomg'ir suvlaridan to'yinadi. Amazoniyaning g'arbiy qismi ko'p yarusli doimiy yashil ekvatorial o'rmonlar bilan qoplangan. O'rmonlarda yo'g'onligi 15 quloch keladigan baland bo'yli seyba - paxta daraxti, qimmatli yog'och beradigan sedrella daraxti, xilma-xil palmalar, Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bo'lgan pay brazil daraxti (qizil daraxt), kakao daraxti, kauchuk beradigan geveya daraxti o'sadi. Suv bosmaydigan yerlarda sutli daraxt, qizil rangli mango daraxti, Braziliya yong'og'i ko'p uchraydi. Bu kichik o'lkada daraxt baqalari, turli xil ilonlar, eng katta ilon - anakonda, toshbaqa va kaltakesak kabi hayvonlar yashaydi. Daryolarda, shuningdek, kaymanlar, alligatorlar hamda baliqlar ko'p uchraydi. Braziliya yassi tog'ligi Amazonka va La-Plata pasttekisliklari hamda Atlantika okeani oralig'ida joylashgan. U, asosan, eng qadimgi kristall va metamorfik tog' jinslaridan tuzilgan. Kristall jinslar orasida temir, olmos, oltin, uran rudalari, marganes, rangdor metall rudalarining katta konlari bor. Yassi tog'likning yuzasi chuqur daryo vodiylari bilan parchalangan, ular pastbaland qirlarni eslatadi. Yassi tog'likning katta qismi subekvatorial va tropik, janubiy qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan. Shuning uchun bu o'lkada yanvarning o'rtacha harorati +22 °C dan +29 °C gacha, iyulning o'rtacha harorati +12 °C gacha kuzatiladi. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 1 400 - 2 00 mm ga teng. Braziliya yassi tog'ligining barcha daryolari yomg'irdan to'yinadi. Bu yerda doimiy sernam yashil tropik o'rmonlar Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari butazor savannalar hamda o'tloq savannalar bilan almashinib boradi. Shimoliy qismidagi o'rmonlarda yelimli palma o'sadi. Janubida Braziliya araukariyasi, doimiy yashil va aralash subtropik o'rmonlar bor. O'rmonlarning birinchi yarusida doimiy yashil o'simliklar keng tarqalgan, ular orasida Paragvay choyi alohida ajralib turadi. Siyrak o'rmonlarda va savannalarda qiziltumshuq, yolli bo'ri, qizil bug'u, nandu tuyaqushi, tapirlar yashaydi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
379.25 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
379.25 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: ppt