6-sinf geografiya darsligi asosida 40-mavzu: Janubiy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zonalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subekvatorial o'rmonlar, savannalar, dasht, chalacho'l, cho'l va keng bargli o'rmonlar zonalari shakllangan. Ekvatorial o'rmonlar zonasi. Janubiy Amerikada ekvatorial o'rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Ekvatorial o'rmonlar bu yerda selva (portugalcha, o'rmon) deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o'rmonlar katta maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o'rmonlar egallagan hududlarga Amazoniya deb nom berilgan. Faqat Braziliya Amazoniyasidagina 4 00 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazoniya ko'pgina qimmatbaho daraxtlar - kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarning har xil turlari, kakao daraxti, seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m), qovun daraxti va boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti shu zonada o'sadi. Undan T. Xeyerdal o'zining Kon-Tiki kemasini yasagan. O'rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan chirmoviq o'simliklar o'sadi. Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o'rmonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar - qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan. Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda yashashga moslashgan. Masalan, dumi bilan osilib yashashga moslashgan maymunlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi. Daryolar bo'yida, suv havzalarida va botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar - tapirlar va suv cho'chqasi - karibarlar, eng yirik bo'g'ma anakonda iloni, yirtqich piranya balig'i - daryo odamxo'- ri (17- rasm) yashaydi. Qalin o'rmonlar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar uchraydi. Qushlardan kolibri qushi, xilma-xil to'tilar, katta shaftolixo'rlar ko'p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo'ng'izlar, o'rgimchaklar va chumolilarning xilma-xil turlari bor. Bu zonada sernam savanna o'rmonlari, quruq savanna, cho'lga aylangan savanna, siyrak o'rmonli savanna va butazorli savanna tabiat komplekslari mavjud. Dashtlar zonasi. Dashtlar Janubiy Amerikada pampa (indeyeslar tilida daraxtsiz yerlar) deb ataladi. Dashtlarda, asosan, o't o'simliklaridan chalov, betaga, yovvoyi tariq va boshqalar uchraydi. Sernam subtropik iqlim sharoitida hosildor qizil ferralit tuproqlar hosil bo'lgan. Pampalarda lamalar, tuyaqushlar, pampa bug'usi, pampa mushugi va boshqa hayvonlar yashaydi. Cho'l va chalacho'llar zonasi. Janubiy Amerikada tropik cho'llar yo'q. Faqat Tinch okean sohillarida sovuq Peru oqimi ta'sirida Atakama cho'li tarkib topgan. Bu cho'lda yiliga 25 - 100 mm yog'in yog'adi, ba'zan yog'in yog'maydi. Cho'l o'simliklari namlikni tuman va shudringdan oladi. Mo'tadil iqlim mintaqasida chalacho'llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti qattiq, yog'in kam yog'adigan bu o'lka Patagoniya deb ataladi. Bu zonada kam hosilli bo'z tuproqlar keng tarqalgan. O'simlik qoplami juda siyrak, ular chimli g'allagullilardan va tikanli butalardan iborat. Kemiruvchilar, nutriya, mayda zirhlilar kabi hayvonlar ko'p uchraydi. Balandlik mintaqalari. And tog'lari bir necha iqlim mintaqalarini kesib o'tadi. Balandlik mintaqalarining ko'p yoki kam bo'lishi, asosan, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:21:08
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: ppt