Janubiy Ispaniyadagi landshaft

Janubiy Ispaniyadagi landshaft

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Ispaniyadagi landshaft - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Ispaniyadagi landshaft Makvis butazorlari tog' yonbag'irlarini 500 m balandgikkacha qoplagan. Qurg'oqchilroq erlarda katta maydonlarni Yevropada tabiiy holda o'suvchi yagona palmamayd.ch palmalar (Chatnaerops humilis) qoplagan. Tabiiy o'simlik qoplamining boyligi madaniy o'simliklarining boyligi hamda xilma-xilligi bilan uyg'unlashib ketgan. Shimoliyroq rayonlarida makkajo'xori ekiladigan yerlar va uzumzorlar, janubda tsitrus mevalari, tamaki, janubning turli xil yevali daraxtlari va sabzavot ekinzorlarch ko'pchilikni tashkil etadi. Andaluziya Rivyorasi va Andaluziya pasttekisligining bog' va parklarida tropik o'simliklar: palmalar, bananlar o'sadi, ayrim rayonlarda esa hatto shakarqamish ekiladi. O'lkaning iqlimi quruqroq va kontinental bo'lgan ichki rayonlarida o'simlik va tuproqlar boshqacha. Ichki Meseta yassitog'ligida hamda Aragon tekisligida landshaft quruq dasht, bazan esa chala cho'l manzaralaridir. Har yer-har yerda o'sib yotgan xushbo'y o'simliklardan iborat kserofit butazorlar o't o'sgan yerlar bilan almashinib turadi, o'tlar orasida oq chalov (Stipa fenacissima)-ko'pchilikni tashkil etadi, bu o'simlik baland bo'yli g'allagulli o't bo'lib, sifatli qog'oz va turli xil to'qima buyumlar tayyorlash uchun xom ashyo bo'ladi. Shuvoq yoki sho'ralar bilan qoplangan sho'r bosgan yerlar ham tez-tez uchrab turadi. Dehqonchilik bu rayonlarning deyarli hamma joyida sun'iy sug'orishni talab qiladi. Eski Kastiliyada keng maydonlardan chorva mollari boqishda foydalaniladi. Qurg'oqchil va issiq janubi-sharqning sug'orilmaydigan yerlari chala cho'l manzarasiga ega. Lekin suv etarli bo'lgan joylarda apelsinva mandarinzorlar bor.Valensiya o'zining apelsin va mandarinzorlari bilan ayniqsa mashhur; Mursiya pasttekisligida hatto xurmo etishtiriladi; bu yer Yevropada xurma etilib pishadigan yagona joydir. Pireney yarim orolida o'rmonlarning eng katta massivlari tog'li rayonlarda to'plangan. Baland bo'yli qarag'ay, el va pixta (Abis alba) o'sadigan ayniqsa qimmatbaho igna bargli o'rmonlar Pireneya tog'lari yonbag'irlarida saqlanib qolgan. Keng bargli va aralash o'rmonlar Kantabriya tog'larining yonbag'irlarini qoplab yotadi. Lekin Iberiya tog'lari hamda Markaziy Qordilera e.sa o'rmonlarga ancha kambag'aldir. Pireney yarim orolining hayvonot dunyosida Yevropava Afrika hayvonlari vakillari bor. Yevropahayvonlari bo'ri, tulki, ohu, bazi bir kemiruvchilar va qushlardan iborat. Yevropaning boshqa tabiiy o'lkalarida uchramaydigan, yovvoyi quyon juda tipik hayvondir. Qushlardan endemik havo rang zag'izg'on (Cyanopica ciana) xarakterlidir. Shimoliy Afrika hayvonlarining vakili bo'lgan genetta viverralar oilasiga mansub yirtqich hayvondir. Bazi bir rayonlarda Pireneyning endemik vixuxoli hozirgi vaqtlarda ham uchrab turadi. Butun O'rta dengiz bo'yidagi kabi bu yerda ham kaltakesak va ilonlar ko'p. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.67 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.67 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga