Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy

Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy

O'quvchilarga / Geografiya
Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy - rasmi

Material tavsifi

Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy MXR va Ichki Mongoliyada joylashgan Gobi yassi tog'ligi, Ordos yassi tog'ligi, Alashan cho'li, Beyshan yassi tog'ligi va ularni o'rab turgan tog'larning tabiiy sharoiti ko'pgina umumiy belgilarga ega. Ko'pchilikni tashkil etgan landshaft tipi cho'l va dashtlar bo'lib, landshaftlar butun territoriyada bir-biriga juda o'xshashdir. Bu o'lkani janubda Tibet tog'ligining chekkadagi tizmalari o'rab turadi, g'arbda esa o'lka Shimoli-g'arbiy Xitoy cho'llari bilan tutashib ketgan. Ko'rib chiqilayotgan territoriyaning platforma strukturalarini mezozoydagi tektonik harakatlar murakqablashtirib yuborgan. Relefda peneplenlashgan keng va baland, kristall jinslardan tuzilgan yassi tog'liklar ko'pchilikni tashkil etadi, ular ustini qadimgi dengiz yotqiziqlari yoki mezozoyning kontinental cho'kindi jinslari qisman qoplab yotadi. Tekislangan yassi tog'lik yerlar eroziya juda parchalab yuborgan palaxsali tog' tizmalari bilan uyg'unlashib ketgan. Yassi tog'liklar balandligi 800-1500 m, tog' tizmalarining balandligi esa 2500-300 m ga etadi. Gobi yassi tog'ligining sharq tomondan chegarasi Katta Xinganning janubiy qismi va uning janubi-g'arbdagi davomi bo'lgan Inshan sistemasidir. Inshan yonbag'irlari tik, toshloq tog' tizmalaridan iborat. Ularni daryolarning chuqur daralari kesib o'tgan. Bu daralar orqali Xitoyning ichki qismidan sharqqa qulay yo'laklar bor. Inshandagi balandliklar 200 m dan oshadi. Janubda Gobi bilan Ordos platosi chegarasida, Xuanxening kenglik bo'ylab oqadigan qismidan shimolda Da-tsinshan tizmasi cho'zilgan. Gobi yassi tog'ligida Xaranarin tizmasi ko'tarilgan. Bu tog'larning hammasi ham qoyali, yonbag'irlari chuqur erozion o'yiqlar bilan kesilgan, cho'l manzarali. Erozion o'yiqlar plyuvial davrda vujudga kelgan. Gobi yassi tog'ligida juda keng tektonik va shamol hosil qilgan botiqlar bor. Bazi joylarda katta qum to'plamlari aniq ifodalangan barxanlarni va gryadlarni hosil qiladi. Qumlar bazi joylarda o'simliklar bilan mustahkamlangan va bundan buyon ko'chish tendensiyasi kuzatilmayapti. Ordos platosi platforma sineklizasi bo'lib, yura va bo'r davrlarining qumtosh qatlamlari bilan to'lgan, bular ustini eol protsesslari o'zgartirib yuborgan Shimoliy qismida do'ng qumlarning katta massivlari bor. G'arb tomonda plato balandligi 300 m ga etadigan Arbiso tog'lari va Alashan tizmasi bilan o'ralgan. Alashanning tepalari cho'qqili, yonbag'irlari toshloq, eng baland cho'qqisi 3600 m ra etadi. Tizma g'arbiy etagida joylashgan bir xil manzarali Alashan qumli cho'lidan tik ko'tarilib turadi. Alashanda do'ng-gryadali qumlar sho'rxoklar bilan birin ketin almashinib keladi. G'arbda Edzin-Gol daryosi vodiysi Alashan cho'lini 200 m dan ortiq balandlikda joylashgan cho'l manzarali Beyshan yassi tog'ligidan ajratib turadi. Beyshan Markaziy Osiyodagi barqaror tektoniq rejimga ega bo'lgan eng qadimgi quruqlik erlardan biridir. U kembriydan oldingi kristall jinslardan tuzilgan poydevor massividir. Uning yer yuzasida toshloq cho'llar eng ko'p tarqalgan. Bu cho'llar ustida uncha baland bo'lmagan, tepalari silliqlangan qirlar cho'zilib yotadi. Erozion relef shakllarining ko'pligi muz bosish davrida bu o'lkada va Markaziy Osiyoning unga qo'shni qismlarida iqlim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 171.47 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 171.47 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga