Janubiy O'zbekiston tabiiy resurslari va shaharlar rivojlanishi Hozirgi vaqtda mamlakatlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotini rivojlantirishda shahar joylarning ta'siri sezilarli darajada ortib bormoqda. Zamonaviy shaharlar qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lmagan aholining yashash joyi bo'lib, ilm-fan, madaniyat, bank-moliya, savdo, sanoat, malakali ishchi kuchi, yaxshi rivojlangan infratuzilma markazlari sifatida nomoyon bo'ladi. Ma'lumki, shaharlarning ikki asosiy shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi (ichki yo'lovchi transporti, shahar aholisiga xizmat qiluvchi tarmoqlar) funksiyalari mavjud. Shahar hosil qiluvchi omillarga transport, ilmu-fan, dam olish maskanlari, bank-moliya, har xil foydali qazilmalari konlari, turizm kabilar kiradi. Ular orasida tabiiy sharoit va resurslar omili eng muhimi bo'lib, ushbu omil asosida shakllangan shaharlar resurs shaharlar deb ataladi. O'zbekiston hududlari turlicha tabiiy-resurs sharoitga ega. Ulardan foydalanish ham mintaqalar doirasida bir-biridan farq qiladi. Jumladan, respublika janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan tarkib topgan Janubiy iqtisodiy rayon o'zining tabiiy resurslari bo'yicha mamlakat iqtisodiyotida o'ziga xos mavqega ega. Ushbu mintaqa O'zbekistonda yoqilg'i mahsulotlari (neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, ko'mir), oltingugurt, turli tuzlar, qurilish materiallari, farmatsevtika xom ashyosi va shifobaxsh mineral suvlarga boyligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy rayon doirasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik hamda ulardan foydalanish darajasiga ko'ra bir biridan keskin farqlanadi. Binobarin bunda ustunlik Qashqadaryo viloyati foydasiga bo'lib, voha ayrim tabiiy xom ashyo resurslarini qazib olish (asosan uglevodorodli birikmalar) bo'yicha nafaqat mintaqada, respublikada ham asosiy o'ziga xos lokomotiv hisoblanadi. Masalan, mamlakatda qazib olinayotgan neftning 80 foizi, tabiiy gazning 92 foizi, gaz kondensatining 95 foizi, oltingugurtning deyarli 100 foizi ushbu hudud zimmasiga to'g'ri keladi. Toshg'uzor - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo'lining foydalanishga topshirilishi natijasida Dehqonobod tumanidagi kaliy tuz konlarini o'zlashtirish imkoniyati tug'ildi. Jadval Janubiy iqtisodiy rayon shaharlarining tarkibiy tuzilishi (2007 y.) Жадвал Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитаси маълумотлари асосида тузилган. Hozirgi kunda ushbu kon bazasida O'zbekistonda yagona kaliy zavodi barpo etilmoqda, mazkur ishlab chiqarish obyekti esa viloyatning milliy iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirishga xizmat qiladi. Surxondaryo viloyatining Janubiy mintaqadagi o'rnini neft, tabiiy gaz, ko'mir (respublikadagi jami toshko'mirni), turli qurilish materiallari (ohak, granit, gips, shag'al), tabiiy mineral buloqlar, dorivor giyohlar, turizm va rekreatsiya resurslari belgilab beradi. Lekin vohada tabiiy resurslardan foydalanish ko'rsatkichlari ancha past. Bunga avvalo viloyatning geografik o'rni (mamlakatning eng janubida), orografik tuzilishi (asosiy foydali qazilmalar tog'li hududlarda) kabi tabiiy noqulayliklar bilan birga transport infratuzilmasining sust rivojlanganligi, siyosiy strategik nuqtai nazardan nomaqbul joylashishi ham ta'sir etib kelgan. Toshg'uzor - Boysun - Qumqo'rg'on temir yo'li viloyatni respublika yaxlit transport tizimiga qo'shilish imkonini berdi. Ushbu temir yo'l Surxon vohasining tog' tumanlaridagi turli meneral resurslarni o'zlashtirish ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:32:17
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.71 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:32 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.71 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:44 ]
Arxiv ichida: doc